Sherzod Temirov: "Iroq ligasini mendan ham ko'ra sizlar ko'proq bilasizlar-ku"
23 mar 19:22
Yangiliklar
Sherzod Temirov: "Iroq ligasini mendan ham ko'ra sizlar ko'proq bilasizlar-ku"
"Terma jamoamizning navbatdagi yig'inini boshlash arafasidamiz. Katta tanaffusdan keyin MTJga qaytdim. O'zimni yaxshi tomondan ko'rsatishga harakat qilaman", – dedi 27 yoshli hujumchi.
- Iroq chempionatida to'purar bo'lib turibsiz...
- Iroqda ikkinchi davra boshlangan. Oldinda yana 12-13 tur bor. Raqobat ham ancha kuchli. To'purarlik masalasidagi raqobatchilarim ham bor.

- Opta portaliga ko'ra, Iroq chempionati Superligamizdan kuchli ekan. Ushbu fikrga qanchalik qo'shilasiz?
- Iroq ligasini mendan ham ko'ra sizlar ko'proq bilasizlar-ku.
- Qaysi biri kuchliroq deb o'ylaysiz?
- Sizlar, yani jurnalistlar bu masalaga oydinlik kiritganingiz yaxshi, men emas.

- O'tgan mavsumlar davomida Gonkong chempionatida ham yaxshi o'yin namoyish etgan edingiz, ammo terma jamoadan chaqiruv bo'lmagandi. Kannavaro sizni terma jamoaga jalb etgani siz uchun qanchalik kutilmagan qaror bo'ldi?
- Bizning insonlarning fikricha, Gonkong chempionatining darajasi past, lekin Gonkongda juda ko'p legionerlar bor. U erda ham raqobat bor. Terma jamoaga chaqiruv — har bir murabbiyning qarori. Unga etiroz bildira olmayman. Terma jamoada o'zimni ko'rsatishga maksimal harakat qilaman.
- Yozda Superliga klublaridan taklif bo'lsa, O'zbekistonga qaytishingiz mumkini?
- Hozir ham takliflar bor. Agentim bilan ko'rishib olib, barcha takliflarni ko'rib chiqamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!
Fikrlar