Valverde: "Istefo - adolatsizlik emasdi"
13 fev 2020 20:10
Yangiliklar
Valverde: "Istefo - adolatsizlik emasdi"
"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde o'zining istefosi haqida gapirdi.
"O'tgan oyda deyarli birorta o'yin ko'rmadim. Faqatgina "Atletik" va "Barselona" jamoalari ishtirokidagi o'yinni tomosha qildim. O'shanda futbolga biroz yaqinlashishni istagandim.
"Barselona"da ishlash - ajoyib tajriba. U erda ishlaganimdan mamnun edim va har daqiqada istefoga tayyor turgandim. O'tgan davrni tahlil qilsak, istefo adolatsizlik emasdi.
Yaqin vaqtlarda Yaponiyaga jo'nab ketaman va u erning futbolini tomosha qilaman. Inesta ushbu davlatni juda maqtadi.
ECHLda g'olib bo'lish oson emas. "Roma" va "Liverpul"ga qarshi o'yinlardagi mag'lubiyat bizni to'xtatdi. Ushbu turnirda barchasi bir o'yinga bog'liq. Agarda undan omadli o'tsang, marra seniki", - dedi Valverde.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar