So’nggi yangiliklar

12:15Гвардиола Де Брюйненинг хайрлашув ўйини ҳақида: "Кевин сотиб олиб бўлмайдиган чексиз муҳаббатга эришди"  0 11:48"Ал Иттиҳод"нинг асосий трансфер мақсади аниқ: Клуб АПЛ юлдузи учун 120 млн евро тўламоқчи  0 11:20Гарначо: "Финалгача ҳар босқичда майдонга тушдим, жамоага ёрдам бердим ва бу ўйинда 20 дақиқа ўйнадим..."  4 10:58Варди фаолиятини АПЛнинг бошқа жамоасида давом эттириши мумкин  1 10:31МЮ барча даврларнинг антирекордини такрорлади  8 10:05Сон Хён Мин илк совринини қўлга киритганидан сўнг йиғлаб юборди  8 09:37Расман: “Барселона“ Флик билан шартномани узайтирди  3 09:08Ангелос Постекоглу: “Мен ҳали ҳам нима бўлганини тушунишга ҳаракат қиляпман“  8 08:40Sofascore. “Ал Фейҳа“ мағлуб бўлди, Шукуров эса  2 08:12Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  13 07:45Sofascore. Финални энг ёмон ўйинчиси ким бўлди?  5 07:17Европа лигаси. Финалнинг учрашувнинг "man of the match"и маълум  13 01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  98 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  7 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Vadim Abramov Kojo bo'yicha vaziyatga oydinlik kiritdi Yangiliklar

Vadim Abramov Kojo bo'yicha vaziyatga oydinlik kiritdi

"Dinamo" hujumchisi Joel Kojoning Eronning "Istiqlol" klubiga o'tishi amalga oshmay qolgani haqida yozgandik.

"Dinamo" Joel Kojoni "Istiqlol"ga sotishni istamadi. Futbolchi murabbiy va klub direktorini ayblamoqda         


Biz vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Vadim Abramov bilan bog'landik.

- Joel Kojo bilan bog'liq vaziyat haqida so'ramoqchi edik. "Istiqlol" klubi taklif bilan chiqqani rostmi?

- Ha, bitta emas ikkita klub bizga taklif bilan chiqdi.

- Transfer amalga oshmay qolganida futbolchi va uning turmush o'rtog'i sizni va direktorni ayblamoqda...

- Bilasizmi men kimnidir turmush o'rtog'ining fikriga javob berishni istamayman.

- Mayli, transfer nima uchun amalga oshmadi?

- Agar bu taklif O'zbekistondagi transfer oynasi ochiq paytida bo'lganida biz o'ylab ko'rgan bo'lardik. Sababi biz Kojoni sotsak o'rniga boshqa hujumchi olishimiz kerak bo'lardi. Hozir bizda transfer oynasi yopiq. Nima uni qo'yib yuborishimiz kerakmidi? Futbolchining klub bilan 1,5 yillik shartnomasi bor.

- Kojo o'z intervyusida futbol o'ynashga xohishi yo'qligini aytdi. Hujumchi bu ishlardan keyin futbol o'ynamay qo'yishi, gollar urmay qo'yishidan qo'rqmaysizmi?

- Agar shunday qiladigan bo'lsa faqat o'ziga zarar qilgan bo'ladi. Agar futbol o'ynamay qo'ysa bizdan keyin kimga kerak bo'larkin? Aslida u "Dinamo"dagi o'yinlari orqali shu darajaga chiqqanini unutmasligi kerak.


Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика