Asror Aliqulov: "O'z maydonimizdagi oxirgi o'yinda muxlislarga g'alaba sovg'a qilishni maqsad qilgandik"
19 noy 18:55
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "O'z maydonimizdagi oxirgi o'yinda muxlislarga g'alaba sovg'a qilishni maqsad qilgandik"
- O'yin haqida fikringiz?
- Kurashlarga boy uchrashuv guvohi bo'ldik. Bu o'z maydonimizdagi oxirgi o'yin bo'lgani uchun muxlislarga g'alaba tortiq qilishni maqsad qilgandik. "Buxoro" ham oxirigacha kurash olib borishini bilardik. Raqib safida bo'ydor futbolchilar ko'pligi bois standartlardan foydalanishga harakat qildi. Oxirigacha kurashdik deb o'ylayman. O'z darvozamizdan gol o'tkazib yubordik, keyin esa hisobni tenglashtirdik. Xarakter ko'rsatishgani uchun futbolchilarimizga rahmat aytaman. Bazi vaziyatlarda himoyani unutib qo'ydik, lekin umuman olganda o'yindan qoniqdim.
- "Sho'rtan" 2015 yildan buyon "Buxoro"ni mag'lub eta olmayapti. Shu paytgacha 7ta durang va 9 mag'lubiyat qayd etgan. Bu siz uchun nimani anglatadi?
- Statistikaga ko'p etibor bermaymiz. O'yin kuni kim tayyor bo'lsa shularni maydonga tushiramiz. Ko'p narsa omadga ham bog'liq. Bugun og'ir bellashuvni o'tkazdik deb ayta olaman. Birinchi taym ham oson bo'lmadi, jamoamizdagi aksar futbolchilarning bo'yi kichik bo'lgani bois yakkakurashlarda yutqaza boshladik, lekin jamoa sifatida yaxshi harakat qildik. Siz aytgan statistika bizga hech qanday bosim yuklagani yo'q, faqat o'z o'yinimizni namoyish etishga urindik.
- "Sho'rtan" Proligaga tushib bo'ldi. Tarkib qanchalik saqlanib qoladi, qolaversa sizning taqdiringiz nima bo'ladi? Jamoa bilan ishlashda davom etasizmi?
- Shartnomam yil oxirigacha amalda, keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Hammasi rahbariyat qaroriga bog'liq. O'ylaymanki, bosh homiyimiz tomonidan Superligaga qaytish vazifasi qo'yiladi. Bizga yanada kuchli futbolchilar kerak. Jismonan baquvvat, kurashuvchan futbolchilarni izlaymiz. Albatta, safimizdagi eng yaxshilarni ham olib qolishga harakat qilamiz.
- "Sho'rtan"ning Proligaga tushib ketishi asosiy omillari nimada?
- Hozir bu savolga javob berish ancha vaqtni oladi. Mavsumning birinchi yarmida kurashuvchan jamoaga ega edik. Ikkinchi davrada esa asosan yoshlarni jalb etdik. Har o'yinda g'alaba qozonish uchun yoshlarimizga tajriba etishmadi. Hammasiga vaqt kerak. Lekin o'yin tomonlama yomon edik deya olmayman.
- Jamoaning Proligadan Superligaga qaytish imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Bu avvalo klub nima xohlashiga bog'liq. Yaxshi futbolchilarni olib kelib ham vazifa bajarilmay qolishi mumkin, chunki hamma gap o'yinchilarning murabbiy taktikasiga qanchalik tushishiga bog'liq bo'ladi. Biz masalaning hamma tomonini o'ylab ko'ramiz. Proligada birinchi o'rinni egallab qaytishni maqsad qilganmiz va oxirigacha kurashamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar