So’nggi yangiliklar

19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   2 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  0 18:39Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди  0 17:55Суперлига. "Шўртан" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  4 17:44УЕФА "Барселона"га рухсат берди  3 17:27"Гулистон" қайтмоқда. Жамоа иккинчи лигада чемпион бўлди  2 17:24Максим Шацких: “Мухлисларнинг қўллаб-қувватловини доимо ҳис қилиб турдим. Барчага раҳмат”  7 17:12Италиялик мутахассис: "Миллий терма жамоадаги имконият учун Фабио Каннаваро ва ЎФАга миннатдорчилик билдираман"  3 16:54"Барселона" 2005 йил "Бернабеу"даги тарихий ғалабага бағишланган 4-комплект формасини тақдим этди  4 16:05"Globe Soccer Awards" йилнинг энг яхши футболчиси номига даъвогарлар эълон қилинди — олти карра совриндор Роналду рўйхатдан жой олмади  22 14:50Суперлига-2026. Учрашувлар интенсивлигини ошириш масаласида навбатдаги қадамлар  2 14:43ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-17 Жаҳон чемпионати. Италия - Ўзбекистон (3:2)  2 14:34Суперлиганинг 29-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  0

Italiya yana JCH saralashida omadsizlikka duch keldi - oldinda o'tish o'yinlari. Buyog'iga nima bo'ladi? Yangiliklar

Italiya yana JCH saralashida omadsizlikka duch keldi - oldinda o'tish o'yinlari. Buyog'iga nima bo'ladi?

Italiya milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichi "I" guruhida 2-o'rin bilan kifoyalanishga majbur bo'ldi.

2026 yil malum va mashhur, afsonaviy "San-Siro" 100 yoshni qarshi oladi. Fevral oyida u erda Olimpiada o'yinlari ochilish marosimi o'tkazilishi rejalashtirilgan, ammo undan so'ng arenani buzib tashlanishi kutilmoqda — va o'sha joyning o'zida butkul boshqa stadion qad rostlaydi.

Katta ehtimol bilan yakshanba oqshomida Italiya terma jamoasi buyuk to'qnashuvlarga guvoh bo'lgan "San-Siro"da o'zining oxirgi o'yinini o'tkazdi: deyarli liq to'lgan tribunalar qarshisida imkonsiz qolib, Norvegiyaga yutqazib qo'ydi va tarix sahifalarida noxush o'chmas bir iz qoldirdi. Ha, hech kim Gattuzo jamoasidan Norvegiyaga qarshi bahsda mo'jiza kutmayotgandi, lekin kichik hisobdagi g'alaba yoki hech bo'lmasa durang, Oslodagi 0:3dan keyin, italiyaliklarni saralash borasidagi taassurotlarini biroz bo'lsada yaxshi tomonga o'zgartirardi. Biroq Italiyani qatorasiga uchinchi JCHsiz qoldirishga yaqin turgan jamoa buni uddalay olmadi va yirik hisobda mag'lub bo'ldi (1:4).

Gattuzoning bosh murabbiy sifatidagi sarguzashtlari davom etayotgandek. Klublar miqyosida uning uzluksiz omadsizliklari va rahbariyat bilan mojarolari kutilmagan yangilik bo'lmay qolgan. Endi bu terma jamoa darajasida takrorlanayotgandek. Eng kamida Gattuzo kollekciyasi Norvegiya bilan juda katta omadsizlik punkti bilan to'ldirildi. Ha, Erling Xoland boshchiligidagi skandinavlar kuchli jamoa, lekin bu darajada emas-ku! To'rt karra jahon chempionlarini "San-Siro"da bunday mag'lubiyat alamini totishga majbur qilish uncha-muncha jamoaning qo'lidan kelmasdi!

Ikki o'yin natijasiga ko'ra 1:7 va guruhdagi ikkinchi o'rin Italiyani o'tish o'yinlariga ravona qilmoqda. Birinchi bahs 26 mart sanasiga belgilangan: "Skuadra adzurra" o'z uyida o'ynaydi, lekin bu Milanda bo'lmasa kerak. Ikki raqibdan biri hafta oxirida Cyurixda bo'ladigan qurada aniqlanadi. Bu Italiyani Rossiyadagi mundialga o'tkazmagan Shveciya bo'lishi mumkin, yoki Qatardagi JCHdan mosuvo qilgan Makedoniyani hal qiluvchi bahsda 7:1 hisobida er tishlatgan Uels termasi bo'lishi mumkin. O'tmishga qarasa og'riqli vaziyatlar etarli, bugungi kun va kelajak esa so'roq ostida qolgan.

Agarda 26 mart kuni Italiya g'alaba qozongan taqdirda, 31 mart sanasida gipotetik jihatdan Slovakiya, Chexiya yoki Daniya bo'lishi mumkin. "Skuadra adzurra"ning hozirgi holatida ularning hech biri o'zini autsayder sifatida ko'rmaydi.

Saralashni jamoa Spaletti boshchiligida Oslodagi yirik hisobdagi mag'lubiyatdan boshlagandi, yakun Milanda, yana yirik hisobdagi mag'lubiyat — lekin murabbiylik kursisida bu safar Gattuzo. Luchano jamoa boshqaruvini o'z qo'lidan chiqarib yuborgandi, Jennaro esa qisqa fursat ichida nimalarnidir o'zgartirishga urinib ko'rdi, ammo bu faqatgina guruhja ikkinchi o'rinni Isroilga berib qo'ymaslik uchun etarli bo'ldi.

2026 yil mart oyi Italiya terma jamoasi uchun og'ir o'tishi turgan gap. Jamoa bu sinovdan o'ta olarmkin? Omadsizlik nafaqat Gattuzoni, balki mamlakat futbol federaciyasi prezidenti Gabriele Gravinani ham kursisidan mahrum etadi. Boshqa tomondan bu masalaning kichik detallari.

Asosiy savol: Italiya dunyo grandlari qatoriga qaytishi uchun nima etishmayapti? Italiya futboli afsonalaridan biri Dino Dzoff asosiy "aybdor" A Seriya ekanligini takidladi. Siz bu borada qanday fikrdasiz?


https://www.sport-express.ru/football/world/chempionat-mira-2026/reviews/sbornaya-italii-provalila-otbor-chm-2026-prichiny-provala-shansy-na-putevku-v-ssha-2376595/

Reyting:    

Fikrlar

   
19 noy 19:35:34
UFA bu UFA
Chogodayevni ishdan olish ertasi bor aqli hushi joyida murabbiyga betish kerak
   
19 noy 19:28:35
Bek Bek
Chigodaev U-16 jamoasi Koreaga 5-0 ga yutqizibdi yana )). Keyingi yil U-17 JCH da qatnashmemiz ekanda, bu jamoa Osiyoda guruhdan ham chiqolmaydi. Boyvacha kazo kazo zodagonlarni bollarimi deyman termada
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика