So’nggi yangiliklar

14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  0 14:29Қатар ва Саудия Арабистони клублари Модричга даъвогарлик қилмоқда  0 14:00Абрамовнинг "Динамо"си тарих остонасида: ким совринли ўринлардан четда қолади?  2 13:38Меҳди Тареми: "Ўзбекистон даражаси нуқтаи назаридан кичик жамоа эмас, улар жуда сифатли футбол кўрсатади"  4 13:10Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди  7 12:52"Севинч" — 17 карра Ўзбекистон чемпиони!  2 12:31Рафинья индивидуал машғулотларга қайтди  1 12:04Миср етакчиларидан бири Ўзбекистонга қарши ўйнамайди  2 11:43Сака "Арсенал"нинг чемпионлиги ҳақидаги гап-сўзларга эътибор бермаслиги айтди  0 11:20Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида ўқув-машғулот йиғинига киришди  5 10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  6 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  12 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  9 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  4

Abramovning "Dinamo"si tarix ostonasida: kim sovrinli o'rinlardan chetda qoladi? Yangiliklar

Abramovning "Dinamo"si tarix ostonasida: kim sovrinli o'rinlardan chetda qoladi?

Vadim Abramov boshqaruvidagi "Dinamo" endi oddiy ishtirokchi emas, u jonli futbol ruhidagi, raqobatdan qo'rqmas va har bir o'yini intrigaga to'la bo'lgan jamoa hisoblanadi.

Ertaga esa samarqandliklarni hal qiluvchi bosqichga olib borishi mumkin bo'lgan navbatdagi imtihon kutib turibdi: "Andijon"ga qarshi qoldirilgan bahs.

Garchi FIFA kunlari fonida bu uchrashuv keng jamoatchilik etiborida juda ham ko'zga tashlanmayotgandek tuyulsa-da, aslida bu bahs Superliga jadvaliga katta tasir qilishi mumkin va bu hal etish jarayonida kimdir sovrindorlik poyg'asi ortda qoladi, kimdir esa elitadagi masalasiga aniqlik kiritadi.

“Dinamo” uchun ortga yo'l yo'q — faqat g'alaba

Abramovning Samarqandga kelganiga 3 yil bo'ldi. Biroq mana shu vaqtda u jamoani lift maqomidan xalos etib, yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoaga aylantirdi. Jamoa o'yini o'zgardi — hujumkor, to'p bilan ustunlikka ega bo'lish, raqib jarima maydonchasida o'ynash boshqacha darajaga chiqdi. Samarqand stadionidagi ruh, muxlislarning kayfiyati, jamoaga ishonch — bari qayta jonlandi. Bugun “Dinamo” nafaqat futbol o'ynaydi, balki muxlisni o'ziga rom etadigan tomoshabop o'yin ko'rsatadi. Endi esa natija, mehnatlar samarasini ko'rish vaqti keldi.

Agar “Dinamo” “Andijon”ni mag'lub etsa, ochkolar soni 56taga etadi va 3-o'rindagi “Paxtakor”ni quvib o'tadi. O'zaro o'yinlarda samarqandliklar ustunligi bo'lgani uchun ular rasman kuchli uchlikka kirib oladi. Bu esa mavsumni mutlaqo yangi rakursda davom ettirishni anglatadi. Qolgan ikki tur ham oson o'tmaydi:

“Qo'qon-1912” — ko'p hollarda favoritga qarshi o'yinlarda “syurpriz” taqdim etishga qodir jamoa;

“Nasaf”— mavsum taqdirini belgilab berishi mumkin bo'lgan titanik to'qnashuv.

“Andijon” oxirgi bor Samarqandda 2019 yil mag'lubiyatsiz qaytgan. Birinchi davrada “Bobur Arena”dagi uchrashuv esa 2:1 hisobida samarqandliklar foydasiga hal bo'lgan.

Agar samarqandliklar bu ikki to'siqni ham mag'lub etsa, Superligada ilk bor kumush medallar qo'lga kiritiladi. Bu – Samarqand futboli uchun yangi sahifa, yangi bosqich, yangi tarix. Bundan tashqari, “Nasaf” va “Paxtakor” o'rtasidagi o'rinlar taqdiri ham “Dinamo”ning natijasiga bevosita bog'liq. Har ikki jamoa ham xato qilishga to'liq haqqi yo'q. Yani, “Dinamo”ning ertagagi g'alabasi ikki grand klubdan birini sovrinli o'rinlardan chiqarib yuborishi ehtimoli bor.

“Andijon” uchun o'yin — pley-offga qolmaslik ilinji

Samarqandda katta tarix yozilishi mumkin, ammo bu o'yin ikkinchi jamoa uchun ham hayot-mamot ahamiyatiga ega. Maksim Shackix boshqarayotgan “Andijon” hali Superligada to'g'ridan-to'g'ri qolish masalasini hal qilgani yo'q. Jamoa 29 ochko bilan 12-o'rinda — pley-off xavfi tagida.

“Qo'qon-1912” (30) va “Surxon” (31) ham yaqinda. Demak, har bir ochko tilla qiymatida. Agar “Andijon” Samarqanddan 3 ochko bilan qaytsa:

— jamoa 32 ochko bilan 10-pog'onaga ko'tariladi;

— qolgan turlarda o'z taqdirini o'zi belgilash imkoniga ega bo'ladi.

Ammo ularning taqvimi oson emas:

— OCHL-2da “Arkadag'”ga qarshi o'yin;

— Chempio­natda “Xorazm” va “Bunyodkor”.

Shackixning jamoasi xalqaro maydonda tartibli o'ynayotgani kuzatilmoqda, ammo hozirgi bosim ostida ular chempionatda qanday harakat qilishi — mavsum taqdirini belgilaydigan omil.

O'zaro o'yinlar statistikasi: Samarqandda mehmonga oson emas

Samarqandda bu ikki jamoa o'rtasida 22 marta uchrashuv bo'lgan. Natijalar esa bizga muhim faktni aytib turadi:

“Dinamo” — 14 g'alaba

“Andijon” — 2 g'alaba

6 marta — durang


Etiborli jihati shuki, "Dinamo" bu mavsum ikkinchi davrada uyda mag'lub bo'lgani yo'q. Jamoa so'nggi marotaba birinchi davrada "Neftchi"ga engilgan. Mavsumning keyingi qismidagi 2 mag'lubiyat Farg'onada "Neftchi"dan, Navoiyda "Qizilqum"dan qabul qilib olingan.

Biroq yana bir qiziq jihat bor. Maksim Shackix murabbiy sifatida Superligada “Dinamo”ga hali yutqazmagan. U “Paxtakor”da bo'lganida 1:1 va 3:2 hisoblari qayd etilgan. Bu fakt o'yin tempini, intrigasini yanada oshirishi shubhasiz.

Ertagagi o'yinda faqat ochkolar emas, balki uchta katta masala hal qilinadi:

1. “Dinamo” tarixni o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

2. “Andijon” elitada to'g'ridan-to'g'ri qolish imkoniyatini qo'ldan chiqarishi yoxud saqlab qolishi mumkin.

3. “Nasaf” va “Paxtakor”dan biri sovrindorlar safidan chetda qolishi mumkin. 

Bu — oddiy o'yin emas. Bu — "Dinamo" uchun eng qaynoq palla .Samarqandda futbol muhiti bir narsani kutyapti. Abramov jamoasi tarix yozadimi?

Eng qizig'i — bu savolga javob aynan ertangi 90 daqiqa davomida topamiz.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
14 noy 14:36:33
safo78
Ман Нефтчи мухлиси бўлсамда Динамо бу йилги ЭНГ чиройли ўйин кўрсатаётган жамоа,улар иккинчи ўринга тўлақонли хақлидир
   
14 noy 15:14:03
Shovruq88
Dinamoga Fargʻonadan omad!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика