Aleksandr Xomyakov: "Bugun harakatning o'zi kamlik qildi"
19 noy 19:28
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Bugun harakatning o'zi kamlik qildi"
- O'yin haqida fikringiz?
- Bir necha bor qulay vaziyatlarga ega bo'lishimizga qaramay, g'alaba qozona olmadik. O'yin taqdirini birinchi bo'limdayoq hal qilishimiz mumkin edi. Hozir birdaniga o'yinni tahlil qilish qiyin. G'alaba qozonishimiz shart edi. Bir joyda turdik deb ayta olmayman, oxirigacha harakat qildik, ammo harakatning o'zi kamlik qildi. Shu bois ham durang natijaga erishdik.
- "Sho'rtan" kurashdan chiqqan. Bu faktor bugun "Buxoro" foydasiga ishlashi kerak emasmidi?
- Biz "Sho'rtan" jiddiy qarshilik ko'rsatishini bilardik, chunki har qanday jamoa maydonga tushganidan keyin oxirigacha o'ynashga harakat qiladi. Har holda bu Superliga. Yana qaytarib aytaman, vaziyatlar ko'p bo'ldi, lekin bittadan ortiq to'p kirita olmadik. Turnir jadvalidagi holatimizdan kelib chiqib bugun yutishimiz shart edi. Vaziyatlardan foydalanishga kelganda oqsadik, hatto qo'shimcha daqiqalarda ham qulay kimkoniyatga ega bo'ldik.
- "Sho'rtan" qaysi tomonlama noqulaylik tug'dirdi?
- Statistikaga qaraydigan bo'lsak, "Sho'rtan" uy o'yinlarida ko'p jihatdan raqibga nisbatan ustunlik qiladi. Bu holat har qanday raqibga qarshi bahsda bo'lishi mumkin. Lekin bu jamoaning ham ojiz tomonlari bor va birinchi taymda shundan foydalanishimiz kerak edi. Hujumda yanada agressiv bo'lishimiz shart edi. "Sho'rtan" esa futbol o'ynaydigan jamoa.
- Azizbek Amonov jamoadan ketishi mumkin deb eshitdik.
- Keling, avval vazifani bajaraylik. Superligada qolishni uddalaylik, undan keyin rahbariyat bilan futbolchilar borasida gaplashamiz. Azizbek Amonov universal futbolchi, istalgan chiziqda o'ynay oladi, jamoaga ko'p foydasi tegadi. Uning statistikasi ham ajoyib. Lekin Aziz terma jamoada o'ynashi uchun o'z ustida ko'p ishlashi kerak.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar