So’nggi yangiliklar

21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Бания" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  0 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  2 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  5 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  1 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  6 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  45

Ulug'bek Baqoev: "Umid qilamanki, ertaga stadionimiz to'lib-toshadi" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Umid qilamanki, ertaga stadionimiz to'lib-toshadi"

Ertangi OFK Kubogi Hududlararo yarim final uchrashuvi oldidan "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev va himoyachi Iskandar SHaykulov ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

- O'yin haqida

"Barchaga xayrli kun. Birinchi navbatda Jizzax xalqini tarixiy o'yin bilan tabriklayman. Ertaga Jizzaxda ilk bor xalqaro o'yin bo'lib o'tadi. Umid qilamanki, ertaga stadionimiz to'lib-toshadi.

Biz butun mamlakat nomidan maydonga tushamiz, futbolchilar, murabbiylar va xodimlar ertangi bahsning masuliyatini to'g'ri tushunib turishibdi. Bu bosqichga etib kelgan bo'lsa, demak, Gonkongning "Istern" klubi ham yomon jamoa emas. Ularni hurmat qilamiz. Ammo "So'g'diyona" ertaga g'alaba qozonish uchun borini beradi", – deb gap boshladi Ulug'bek Baqoev.  

"Avvalambor, Assalomu alaykum. Qimmatli vaqtingizni ayamay kelganingiz uchun rahmat. Ertaga nafaqat Jizzax xalqi uchun, balki butun O'zbekiston mamlakati uchun g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Qo'limizdan kelgan barcha ishni 100 foiz bajarishga urinamiz", – dedi Iskandar SHaykulov. 

- Bir yo'la uchta musobaqada qatnashish qanchalik qiyin bo'lmoqda? 

- To'g'ri, Coca Cola Superligasi va Kubok bahslaridan tashqari OFK Kubogida ishtirok etyapmiz. Taqvimimiz juda tig'iz. SHu bois tarkibda rotaciyaga qo'l uryapmiz. Yigitlarga imkon qadar teng o'yin vaqtini taqdim etyapmiz. O'yinlardan keyin tiklanish uchun alohida etibor qilyapmiz. 

- Yozda tarkibga kelgan yangi futbolchilar haqida nimalar deya olasiz? 

- Yangilarning har biri tajribali va yaxshi futbolchilar. Ular jamoaga tezda qo'shilib ketishdi. Deyarli har bir bahsda jamoaga foyda keltirishmoqda. 

- Oxirgi o'yinlarda rotaciyani asosan yarim himoyachilar o'rtasida qilyapsiz...

- Biz futbolchilarning jismoniy holatini kuzatib boramiz. To'g'ri aytingiz, ko'proq yarim himoyachilarni ko'proq almashtiryapmiz. Sababi oddiy - ular o'yin davomida ko'proq yuklama olishadi. Bu yilgi OFK Kubogi bizga tajriba bo'lmoqda. 

- Savol Iskandar SHaykulovga: "So'g'diyona" safida uzoqdan kuchli va aniq zarba bera oladigan futbolchilar ko'p. Masalan, o'zingiz, SHahboz Jo'rabekov va Jasur Hasanov. Ammo so'nggi paytlarda uzoqdan urilgan gollar deyarli kuzatilmayapti. Ertaga shunday gol kutishimiz mumkinmi?  

- Juda qiziqarli savol. Bunga nima deb javob berishni bilmayman. Balki uzoqdan tepmayotganimiz sababi hujumda yaxshiroq vaziyatda turgan futbolchiga pas berayotganimizdadir. Ertaga bu kamchiligimizni to'g'rilashga harakat qilamiz. 

- Gonkong klubi Jizzaxda mashg'ulotlar o'tkazdi. Bo'lajak raqibning mashg'ulotlarini kuzatdingizmi? Qanday jamoa ekan? 

- "Istern" jamoasining mashg'ulotlarini kuzatmadim. Sababi bu to'g'ri deb o'ylamayman. Murabbiylik etikasiga to'g'ri kelmaydi, deb hisoblayman. Raqibni videolar orqali o'rgandik. Jamoa tezkor va har bir poziciyada tartibli o'ynaydi. 

- Muxlislarga aytadigan gapingiz bormi? 

- Bizni qo'llab-quvvatlang, sizlarga sabr tilayman. Sababi og'ir o'yin bo'ladi. Muxlislar tribunada, biz esa maydonda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика