Transfermarkt Eron chempionatidagi futbolchilar qiymatini yangiladi. Masharipov, O'runov va Yusupovning narxi qancha?
23 dek 2024 15:18
Yangiliklar
Transfermarkt Eron chempionatidagi futbolchilar qiymatini yangiladi. Masharipov, O'runov va Yusupovning narxi qancha?
Transfermarkt Eron chempionatida faoliyat olib borayotgan futbolchilarning transfer narxlarini yangilaganini malum qildi.
"Istiqlol" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipovning narxi 100 ming evroga oshdi va 1,8 million evroga etdi.

"Persepolis" vingeri Oston O'runov o'z narxini saqlab qoldi – 2,5 million evro. U ko'p o'yinlarni jarohat sabab o'tkazib yubordi. "Fulad" darvozaboni O'tkir Yusupov esa 50 ming evroga arzonladi va 600 ming evro bo'ldi. Birinchi navbatda bu uning yoshi bilan bog'liq (yanvar oyida u 34 yoshga to'ladi).
Masharipov "Istiqlol" safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 assist amalga oshirdi. O'runov "Persepolis" tarkibida 13 ta bahsda 2 ta to'p kiritdi. Yusupov "Fulad" safida 13 ta o'yinda 13 ta gol o'tkazdi va 6 ta uchrashuvda gol o'tkazmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar