"Tottenxem" himoyachisi murabbiyni tanqid qildi
08 mar 12:30
Yangiliklar
"Tottenxem" himoyachisi murabbiyni tanqid qildi
Futbolchi London klubini tark etishni istamagan.
"Nega bunday bo'lganini hali ham tushunmayapman. Mavsumoldi yig'inda juda baxtiyor edim, Postekoglu ham mendan rozi edi. Odatdagidek uchrashuvlarda qatnashdim.
Mavsum boshlanishidan bir hafta oldin men Postekogluga murojaat qildim va savol berdim: "Meni klubda ko'rishni xohlaysizmi?" U javob berdi: "Ha, men senga ishonaman."
Ertasi kuni menga jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmaslikni aytishdi, g'alati holatga tushdim. "Tottenxem"da o'ynashim mumkinligini bilaman, lekin afsuski, futbolchilar ko'p jihatlarni nazorat qila olmaydi. Men zaxira o'rindig'ida o'tirishni xohlamayman.
27 yoshdaman, futbolchilik faoliyatim abadiy davom etmaydi. Sizga bir kun avval "ha" deb turgan murabbiy ertasi kuni "yo'q" desa, buni tushunish qiyin. Menimcha, bu futbol bilan bog'liq sabablar tufayli emas", – dedi futbolchi.
Regilon ayni paytda ijara asosida "Brentford" sharafini himoya qilmoqda. Ispaniyalik futbolchi mavsumning birinchi yarmini "Manchester Yunayted"da o'tkazdi.
Fikrlar