So’nggi yangiliklar

22:06А Сериянинг икки клуби Неймарга қизиқиш билдирмоқда, футболчи янги чақирувга тайёр  0 21:40Ёзнинг энг омадсиз трансферлари рўйхати эълон қилинди  1 21:16Қатар – БАА. Жаҳон чемпионати йўлланмаси ўйналадиган учрашув учун таркиблар аниқ!   6 20:50"Фенербахче" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  1 20:11Равшан Ҳайдаров: "Қозоғистон билан ўйинларда икки хил таркибдан фойдаландик. Ўринбоев мушакларидан жароҳат олди"  2 19:24Рафинья "Эл Класико"да иштирок этмайди?!  0 18:56Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан дурангга рози бўлди   18 18:54Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Қозоғистон устидан ишончли ғалабага эришди  7 18:40Ўзбекистон терма жамоаси футболчиларининг Уругвайга қарши ўйиндаги статистикаси  3 18:09Япония Бразилиянинг додини берди  27 17:21Ўзбекистон – Уругвай беллашуви статистикаси: МТЖ қайси жабҳада устунлик қилди?  11 16:56Эмилиано Мартинес: "Ўзбекистонга қарши бошқа позицияда ўйнаганимга қарамай, ўзимни яхши ҳис қилдим"  2 16:33Хосе Луис Родригес: "Доминикан Республикасига қарши бироз қийналгандик. Ўзбекистон билан ўйинда эса..."  2 16:12Левандовски сафдан чиқди. У "Эл Класико"да қатнашмайдими?  10 15:44Ўзбекистон – Уругвай ўйинининг тактик таҳлили. Каннаваро ўзининг биринчи жиддий "синови"дан ўтдими?  7

Superliga. "Navbahor" "Buxoro"ni total ustunlik bilan yutdi Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" "Buxoro"ni total ustunlik bilan yutdi

Superliga 7-turidan o'rin olgan bellashuv poyoniga etdi.

Superliga

7-tur

"Navbahor" – "Buxoro" 3:0 

Namangan. "Markaziy" stadioni. 18:00

Gol: Abbos G'ulomov (Alisher Odilov) 15', Saidazamat Mirsaidov (Zabihillo O'rinboev) 46', Gilerme Gedesh (Шohmalik Komilov) 62'

 Bosh hakam: To'rabek Suyunov

Yordamchi hakamlar: Avazbek Abdullaev, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Akmal Rahimov

Nazoratchi: Timur Galeev

VAR: Rustam Lutfullin

AVAR: Ruslan Serazitdinov

Komissar: Шohruh Said

"Navbahor": 1.Umid Ergashev, 8.Шohmalik Komilov (11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 77), 9.Zabihillo O'rinboev (29.Pedro Augusto, 77), 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Benjamin Teydi, 17.Ruslanbek Jiyanov, 36.Gilerme Gedesh, 37.Alisher Odilov (6.Шerzod G'ulomjonov, 77), 70.Abbos G'ulomov (21.Rian Islomov, 65), 71.Navro'zbek Iminjonov (33.Sergey Karpovich, 31), 99.Igor Gabriel.

Zaxira: 16.Шukron Yo'ldoshev, 4.Шahzod Tairov, 27.Jahongir Tursunov, 55.Komiljon Tojiddinov.

"Buxoro": 21.Otabek Boymurodov, 5.Sardor Qulmatov, 17.Javohir Ro'ziev, 19.Bilol Tupliev (77.Asilbek Qayumov, 54), 25.Frane Chiryak (7.Muhammadsafo Fozilov, 69), 27.Muhammad Yuldashev (9.Husayn Ergashboev, 54), 33.Yosip Tomashevich (6.Ravshan Xayrullaev, 69), 71.Albert Nurullaev (10.Шohruz Norxonov, 46), 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich, 97.Шahboz Jo'rabekov.

Zaxira: 1.Шirinboy Abdullaev, 2.Izzatillo Po'latov, 4.Javohir O'tamurodov, 14.Mahmud Jo'raboev.

Ogohlantirish: Bilol Tupliev (52).

MATNLI TRANSLYACIYA

UCHRAШUV YAKUNLANDI! 

90+3. Saidazamat Mirsaidovning tomirlari tortishib qolgan ko'rinadi. Unga maydonning o'zida yordam ko'rsatilmoqda. 

90. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

88. Jo'rabekovning havolatib amalga oshirgan uzatmasiga hech kim etib bora olmadi. 

85. Ergashboev hujum chog'ida Saidazamat Mirsaidovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

83. Jo'rabekovning qanotdan yo'llagan zarbasi xafli ko'rinish oldi, biroq to'p darvozaning tashqi tomonidagi to'rga borib tushdi.  

80. Uuuux! Pedro jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, zarba yo'lladi, biroq Karpovich "podkat" orqali to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

77. "Navbahor"da 3 ta almashtirish: O'rinboev o'rniga Pedro, Odilov o'rniga G'ulomjonov, Komilov o'rniga Xoldorxonov tushdi. 

75. Alisher Odilov jarima maydonchasi ichiga kirib borib, himoyachining o'zi tomon zarba berdi, sheriklari undan pas kutishayotgandi.  

72. Uuuux! Fozilovning aylanma zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

71. Fozilovning ichkariga orishib bergan to'pini Ergashev egallab oldi. 

69. "Buxoro"da 2 ta o'zgarish: Chiryak o'rniga Fozilov, Tomashevich o'rniga Xayrullaev tushirildi. 

65. "Navbahor"da almashtirish: G'ulomov o'rniga Islomov uchrashuvni tugatib qo'yadi. 

64. Zarbaaa! Alisher Odilov bir himoyachini ortda qoldirib, o'ng oyoqda darvozaga zarba berdi, noaniq.

62. GOL! Komilovning burchak zarbasidan oshirgan to'pini Gedesh bosh bilan darvozaga kiritdi – 3:0! 

58. Uuux! Jiyanovning burchak zarbasidan oshirib bergan pasini Karpovich bosh bilan darvozaga yo'naltirishga urindi, xavfli, ammo noaniq. 

54. "Buxoro"da 2 ta amlashtirish: Tupliev o'rniga Qayumov, Yuldashev o'rniga Ergashboev maydonga tushdi. 

52. Bilol Tupliev Ruslan Jiyanovga nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirildi. 

50. Saidazamat Mirsaidov Ruslan Jiyanov tomon pas bermoqchi bo'ldi, biroq Tupliev bunga qarshilik qilib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

46. GOL! Zabihillo O'rinboevning fint bilan bergan pasidan keyin Saidazamat Mirsaidov darvozabon bilan birga-bir chiqib bordi va darvozaga yo'l topdi – 2:0!

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Buxoro"da o'zgarish: Nurullaev o'rniga Norxonov bahsni davom ettiradi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus!

45+4. Alisher Odilov katta tezlikda oldinga borib, ichkariga kirib bordi. Biroq yakunda kuchsiz zarba yo'llab, to'pni darvozabonga shunchaki sovg'a qildi.  

45+2. Alisher Odilov Jo'rabekovga nisbatan biroz qo'pol o'ynadi, jarima zarbasi. 

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

44. Zabihillo O'rinboev va Sardor Qulmatov havodagi kurashda jiddiy to'qnashib ketdi, ular tibbiy yordamga muhtojlik sezdi. 

39. "Buxoro"dan xavfli hujum! Dastlab Yuldashev, keyin esa Tupliev zarba berdi, ammo Saidazamat Mirsaidov to'p yo'liga to'g'anoq chiqdi. 

37. Uuux! Karpovichning uzatmasidan keyin O'rinboev bosh bilan darvozani ishg'ol qilishga urindi, ammo Boymurodov shu erda ekanligini yana bir bor namoyish etdi. 

34. To'pni qaytarishga astoydil harakat qilgan Umid Ergashev darvoza ustuniga borib urildi va unga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

32. Zarbaaaa! Javohir Ro'zievning olisdan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza to'sini tegib qaytdi. Dahshatli zarba! 

31. "Navbahor"da almashtirish: Iminjonov o'rniga Karpovich tushirildi. 

30. Iminjonov ikkinchi bor maydonda yotibdi. U oyog'ida og'riq his etmoqda va o'zgartirilishi kutilmoqda. 

28. Zarba! Frane Ikichning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Umid Ergashev ilib oldi. 

27. Zarba! Alisher Odilovning bosh bilan bergan zarbasi aniq, ammo xavfsiz chiqdi. Boymurodov o'z o'rnida! 

25. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 55% – 45%. Namanganliklar biroz ustunlikka ega. 

21. Komilovning standartdan havolatib oshirgan pasidan so'ng Ruslanbek Jiyanov bosh bilan zarba berishda qiyinchilikka duch keldi. 

20. Iminjonovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, u biroz jabrlandi. 

18. Uuuux! Bilol Tuplievning burchak zarbasidan oshirib bergan pasidan keyin buxoroliklarning ikki vakili to'pni darvozaga to'g'rilab qo'yishga urindi, ammo muvaffaqiyatsizlikka yo'liqishdi. 

15. GOL! Alisher Odilovning pasidan keyin Abbos G'ulomov chap oyog'ida erlatib darvozaning o'ng tomonini nishonga oldi – 1:0!

14. "Navbahor" markazdan to jarima maydonchasi ichiga qadar etib keldi, biroq G'ulomovning pasini himoyachilar uzoqlashtirishdi. 

12. Bilol Tupliev qanotdan oshirib bergan pasidan so'ng to'p maydondan chiqib ketdi, tushunarsiz va manzilsiz uzatma. 

9. Gabriel havodagi kurashda Albert Nurullaevga nisbatan qo'pol harakat qildi, jabrdiydaga tibbiyot xodimlari yordam ko'rsatishdi. 

7. Zarbaaa! Mirsaidovning uzatmasidan so'ng Abbos G'ulomovning akrobatik uslubdagi zarbasiga aniqlik etishmadi. 

5. Uuux! Komilovning uzatmasidan so'ng himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, Шohmalikning o'zi burchak zarbasini ijro qiladi. 

2. Sardor Qulmatov kutilmaganda uzoqdan darvozani poylashga urindi. U tepgan to'p stadiondan chiqib ketdi, nazarimda. 

1. O'yinga start berildi!

- Uchrashuv 18:00 da boshlanadi. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика