Mirko Yyelichich: "Buxoro"ning 3-o'rinda turishi bejiz emas"

1 avg 2026, 22:50
Superliganing 15-turi doirasida "Buxoro" - "Lokomotiv" uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirko Yyelichich matbuot anjumanida qatnashdi.

- "Buxoro"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bu jamoa turnir jadvalida 3-o'rinda turishi bejiz emas. Ularga qarshi o'ynash oson bo'lmagan. O'z navbatida futbolchilarimga ham rahmat aytaman. Bugun ikkala jamoa uch ochko uchun o'ynadi. Jamoamning kurashuvchanligidan mamnunman.

- Qizil kartochka haqida fikringiz.

- Hozir kichik xatolar kechirilmayapti. Vaziyatni oldindan his qilish kerak edi. Bu vaziyat, ha, balki qizil kartochkadir. Lekin o'yinning bir qismi ekansan, barchasini his qilib turish kerak. Bugun ikkala jamoada ham e'tibor ko'proq hakamlarga qaratildi. Biroq bu narsa hech kimga yordam bermaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia