

Bu haqda jurnalist va insayder Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, "Barselona" e'tiborini yaqin orada ispaniyalik Rodrining "Manchester Siti"dan transferini yakunlashga qaratgan. Qayd etilishicha, hozircha "Tottenxem" bilan Romero bo'yicha hech qanday muzokaralar bo'lmagan. Argentinalik o'yinchini sotib olish poygasida hali ham Madridning "Atletiko" klubi yetakchilik qilmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda 28 yoshli Kristian Romero 32 ta o'yin o'tkazib, ularda oltita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ekspertlarining baholashiga ko'ra, himoyachining bozor qiymati 50 mln evroni tashkil etadi.



