Suares: "Barselona"ning maqsadi - Ispaniya Superkubogi"
02 jan 2020 15:46
Yangiliklar
Suares: "Barselona"ning maqsadi - Ispaniya Superkubogi"
"Barselona" forvardi Luis Suares Ispaniya Superkubogi haqida gapirdi.
"Bosh maqsadimiz - Superkubok. Bu biz uchun jozibali musobaqadir. Yangi format, birinchi o'yinni "Atletiko"dek top-klubga qarshi o'tkazish.
Finalga chiqish uchun barchasini qilamiz va yangilangan formatdagi Superkubokka ega chiqishga harakat qilamiz", - deydi Suares.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya Superkubogi yanvar oyida Saudiya Arabistonida "Barselona", "Atletiko", "Valensiya" va "Real" jamoalari ishtirokida bo'lib o'tadi.
Yarim final doirasidagi "Barselona" - "Atletiko" o'yini esa 9 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar