Slot "Liverpul"ning yozgi transferlari haqidagi savolga javob beradi
05 may 14:02
Yangiliklar
Slot "Liverpul"ning yozgi transferlari haqidagi savolga javob beradi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot klubning bo'lajak transfer oynasidagi ishlari haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Yoz allaqachon sermahsul o'tdi deyish mumkin, chunki biz Virjil van Deyk va Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirdik . Menimcha, mavsumning ko'p qismida hech kim buni kutmagandi. Ularni saqlab qolish biz uchun juda muhim edi.
Bizda mavjud tarkibdan mamnun ekanligimni allaqachon aytgandim. Yozda nima bo'lishini ko'ramiz, lekin bazida yangi energiya qo'shish yaxshi. Yoz yaxshi o'tdi va biz Angliya chempioniga aylandik. Bozorda bizni kuchaytira oladigan odam topilsagina transfer amalga oshadi", – dedi Slot.
Arne Slot debyut mavsumidayoq "Liverpul" bilan APLni yutdi. Yana kimlar bunday natijaga erishgan?
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar