Gvardiola "Manchester Siti" himoyachisini maqtadi
15 dek 14:50
Yangiliklar
Gvardiola "Manchester Siti" himoyachisini maqtadi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Kristal Pelas"ga qarshi (3:0) o'yindan keyin jamoaning portugaliyalik himoyachisi Ruben Diash haqida takidlab o'tdi.
"Ruben Diash — qoyilmaqom lider. Barqaror, jarohatlarsiz o'ynayapti, jamoadoshlarini qanday boshqarishni biladi, ularga ko'p narsani uqtiradi. U — biz uchun uzoq yillarga mo'ljallangan ulkan topilma! Haqiqiy sardor, haqiqiy etakchi", – dedi Pep o'yindan keyin.

28 yoshli Diash joriy mavsum "shaharliklar" safida 21 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.
Gvardiola shogirdlari chempionlik uchun kurashda "Arsenal"ni quvib kelmoqda. Hozirda "Manchester Siti"ning hisobida 34 ochko bor, jadval peshqadami "kanonirlar" esa 36 ochko to'plagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar