Rednapp: "Arteta juda katta xatoga yo'l qo'ydi"
23 mar 16:26
Yangiliklar
Rednapp: "Arteta juda katta xatoga yo'l qo'ydi"
Niko O’Rayli 60 va 64-daqiqalarda ikkita gol urib, o'yinni hal qildi.

"Odamlar Kepa oldingi turlarda maydonga tushgani kabi finalda ham o'ynashga loyiq edi, deyishadi, lekin u Rayya kabi yaxshi emas. Shuning uchun u ikkinchi darvozabon. Xo'sh, nega sovrinlarga juda chanqoq bo'lib turgan payt finalda birinchi darvozabonni maydonga tushirmaysiz? Bu juda katta xato. Murabbiy masuliyatni o'z zimmasiga olishi kerak.
Kepa — yaxshi darvozabon, lekin Rayya undan yaxshiroq. Ha, Trafford "Siti"ning birinchi raqamli darvozaboni emas, deyish mumkin, lekin u uchta muhim seyvni amalga oshirdi va keyin to'pga deyarli tegmadi. Unda qiyinchilik bo'lmadi", – dedi Rednapp.
Kepa Arrisabalaga ushbu mavsum Premer-ligada birorta ham o'yin o'tkazmadi, faqat Kubok musobaqalarida maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!
Fikrlar