So’nggi yangiliklar

00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  3 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  2 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  10 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  2 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  14 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  1 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  24 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  2 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  19 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   10 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  1

Sergey Lushchan: “Muxlislardan uzr so'rayman. Final oldidan bugun antifutbol o'ynadik” Yangiliklar

Sergey Lushchan: “Muxlislardan uzr so'rayman. Final oldidan bugun antifutbol o'ynadik”

Superliganing 20-turidan o'rin olgan “Navbahor” - “So'g'diyona” (0:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birinchi navbatda muxlislardan uzr so'raymiz. Ikkinchi bo'limda munosib futbol o'ynay olmadik. Oldimizda final uchrashuvi kutib turibdi, shu haqida jiddiy o'ylayapmiz. Final oldidan bugun antifutbol o'ynadik, bu juda yomon. 

- Bugun “Navbahor”da o'yinni qutqarib qolish uchun imkoniyat etarli edimi?

- Imkoniyat har doim bo'ladi. Lekin o'z darvozangizdan 2-3 ta to'p olib chiqqaningizdan so'ng bu qiyinlashadi, imkonsizdek ko'rinadi. Bunaqa holatda imkoniyat deyarli yo'qqa chiqadi. Birinchi bo'limda kurash kechayotgandi, ikkinchi bo'limda vaziyat juda o'zgarib ketdi. Ikkinchi to'pni juda oddiy vaziyatda o'zgarib yubordik. Masalan, “Nasaf” bilan o'yinda garchi mag'lub bo'lgan bo'lsak ham, oxirigacha kurashgandik. 

- Ikkinchi bo'limda zaxiralarni amalga oshirdingiz. Ikkita hujumchi bilan o'ynash, yoshlarni maydonga tushirish to'g'ri bo'ldi deb hisoblaysizmi?

- Bu erda muammo ikkita hujumchida emas. Biri hujumchi ortida o'ynab maydon markazidagi kurashga yordam berish kerak edi. Nikabadze bosh bilan yaxshi o'ynaydi, jarima maydoni ichida xavfli. Iminjonov yoshlar ligasida to'purarlik salohiyatini namoyish etayapti.

- Kubok finali haqida fikringiz qanday? Muxlislar baribir jamoa g'alabasiga ishonch bildirishayapti…

- Muxlislardan minnatdormiz. Yana bir bor uzr so'rayman. Final o'yinida bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Hozir faqat shu haqida o'ylayapmiz. Boshqacha yo'limiz yo'q. Bizda joriy mavsumni ko'tarinki kayfiyatda yakunlash uchun yaxshi imkoniyat mavjud va bundan unumli foydalanishga harakat qilamiz.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика