Mehdi Taremi: "Jamoadoshlarimdan 10 nafari penalti tepishdan bosh tortdi. O'zbekistonga qarshi penaltini tepa olmagan futbolchidan Jahon chempionatida foyda bormikan?"
19 noy 01:56
Yangiliklar
Mehdi Taremi: "Jamoadoshlarimdan 10 nafari penalti tepishdan bosh tortdi. O'zbekistonga qarshi penaltini tepa olmagan futbolchidan Jahon chempionatida foyda bormikan?"
O'zbekiston terma jamoasi Al Ain Cup xalqaro turnirida Eronni kamchilik bo'lib, penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratdi. Malumotlarga ko'ra, Eron termasi safida kim penalti tepishini aynan Mehdi Taremi belgilagan, bu huquqni unga bosh murabbiy G'alinoi bergan. Seriyadagi omadsizlikdan keyin Taremi jamoadoshlari va umuman Erondagi vaziyatni tanqid ostiga oldi.
"Jamoadoshlarimdan 10 nafari penalti tepishni istamadi va bundan bosh tortishdi. Biz ikki marta penaltilarni mashq qilgandik. O'shanda faqatgina to'rt marta darvozabonimiz to'pni qaytara olgandi. Bugun esa o'sha o'yinchilar masuliyatni bo'ynilariga olishdan qo'rqishdi. To'p bizda bo'lganida yaxshiroq o'ynashimiz ham kerak edi.
O'zbekistonga qarshi penaltini tepa olmagan futbolchidan Jahon chempionatida foyda bormikan?
Nega o'zim tepmadim? Men shu paytgacha o'z penaltilarimni tepib bo'lganman. Gap penaltilarda ham emas, Eron futbol strukturasi buzilib bormoqda", -deydi Mehdi Taremi.
Bundan tashqari, Taremi Erondagi siyosiy rejimni ham tanqid ostiga oldi:
Oxirgi 2-3 yilda ular futbolni o'ldirishni boshlashdi.
"Zobahan" va "Sepaxon" o'rtasidagi o'yinga qanaqasiga 2000 kishi kelishi mumkin? Ozodi stadioni to'rt yildan beri tamirda? Istiqlol va Persepolis ham 8000 talik stadionda o'ynashi shart.
Nega? Ularning maqsadi 50-60 ming insonni bir erga to'planmaslikmi? Maqsadingiz shu bo'lsa, bizdan nima xohlaysiz? Futbolni o'ldirishnimi? Ular Eronda futbolni o'ldirishmoqchi, lekin dunyo o'z yo'lida davom etadi, futbol dunyoda doimo eng global o'yin bo'lib qolaveradi. Agar mamlakatda siyosiy nizolar bo'lsa, buning uchun futbolni "go'sht" sifatida qurbon qilishni to'xtating. Bizga yaxshi stadion va maydon bering, shunday keyin natijani talab qilib oling", -deydi eronlik futbolchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar