So’nggi yangiliklar

21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  1 21:20"Арсенал" ва "Челси" иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  0 21:04"Галатасарой" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  8 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  0 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  15 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  31 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  12 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  15 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  2 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  10 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  7 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14

"Buxoro" – "Neftchi" uchrashuvidagi chetlatish to'g'ri qarormi? Superliganing 28-turidagi hakamlik tahlili Yangiliklar

"Buxoro" – "Neftchi" uchrashuvidagi chetlatish to'g'ri qarormi? Superliganing 28-turidagi hakamlik tahlili

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev (“Alyo, ref!” Telegram-kanali) o'z hakamlar guruhi bilan birga Superliganing 28-turi o'yinlari davomida yuzaga kelgan bahsli epizodlarni taxlil qildi.

"Buxoro" - "Neftchi"

"Neftchi" o'yinchisi oddiy sportga xos uslubda yakkakurashga kirishgan. "Buxoro" o'yinchisi raqib bilan to'qnashgani uchun emas, balki o'z ixtiyori bilan yiqilib, jarima ishlashga urinmoqda. Bizningcha, to'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish. "Neftchi"ning goli to'g'ri ravishda inobatga olingan.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


✅❌ "Buxoro" - "Neftchi"

Hakam voqeani to'g'ri baholab, "Neftchi"ning 5-raqamli o'yinchisiga qizil, "Buxoro"ning 93-raqamli va "Neftchi"ning 8-raqamli o'yinchilariga ikkita sariq kartochka ko'rsatdi. Biroq hakamlar "Buxoro"ning 10-raqamli o'yinchisiga ham sariq kartochka ko'rsatishlari lozim edi: u "Neftchi"ning 5-raqamli o'yinchisini itarib yubordi va shu tariqa bu to'qnashuvning kuchayishiga sabab bo'ldi. Uning bu harakatini "nosportcha xulq-atvor" deb baholash mumkin.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Qo'qon-1912" - "Paxtakor"

Mavjud takrorlarga asoslanib, hakamlar to'g'ri qaror qabul qilgani taxmin qilishimiz mumkin. To'p "Paxtakor" darvozasi chizig'idan to'liq o'tmagan, shu sababli gol hisoblanmagan.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Qo'qon-1912" - "Paxtakor"

Ikkala o'yinchi ham to'pga intildi, shundan so'ng arzimas to'qnashuv yuz berdi. Bu holat "Paxtakor" futbolchisining yiqilishiga sabab bo'lmagan. Hakamning o'yinni davom ettirish qarori to'g'ri, VARning ham aralashmagani o'rinli.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Qizilqum" - "Andijon"

Dastlab hakam maydon markazida "Qizilqum" futbolchisining qo'l bilan o'ynashini qayd etmay, xatoga yo'l qo'ydi. Shundan so'ng u penalti belgiladi, ammo VAR vaziyatga to'g'ri aralashib, bosh hakamni monitor oldiga taklif qildi. To'g'ri qaror – "Qizilqum" futbolchisi qo'l bilan o'ynagan joyda "Andijon" foydasiga jarima zarbasi belgilash.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Xorazm" - "So'g'diyona"

Hakam to'g'ri qaror qabul qilib, raqibni gol urish uchun yaqqol imkoniyatdan mahrum qilgani sababli "Xorazm" jamoasi o'yinchisini maydondan chetlatdi. "So'g'diyona" jamoasi o'yinchisi to'pni nazorat qilayotgan edi, "Xorazm" himoyachilaridan hech biri o'z vaqtida yordamga etib kelolmadi. 

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Surxon" - "Sho'rtan"

Bizning fikrimizcha, hakam o'yinni to'g'ri davom ettirdi va "Surxon"ning golini haqli ravishda inobatga oldi. Qanotdagi yakkama-yakka kurash qoidabuzarlik hisoblanmaydi – elkama-elka kuch ishlatish, to'pdan raqibni “siqib chiqarish” unsuri bor edi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


Shu tariqa, Superliganing 28-tur o'yinlarida hakamlar faqat bitta xatoga yo'l qo'yishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика