Saudiya Arabistonining 6 nafar futbolchisi jazolandi, "Al Nassr" darvozaboni 5 oyga chetlatildi
13 fev 2024 21:45
Yangiliklar
Saudiya Arabistonining 6 nafar futbolchisi jazolandi, "Al Nassr" darvozaboni 5 oyga chetlatildi
Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi "Al Nassr" darvozaboni Navaf Al Aqidini Osiyo kubogi arafasida terma jamoadan chetlatilishidan avvalgi voqealar tufayli besh oyga diskvalifikaciya qildi va 300 ming Saudiya reali miqdorida jarimaga tortildi.
Eslatib o'tamiz, Al Aqidi terma jamoa safida asosiy tarkibda o'ynashi lozimligini malum qilgan va Manchini tomonidan terma jamoa safidan chetlatilgandi. SHuningdek, uning WhatsApp ilovasi orqali jamoa mamurlarini haqorat qilgani isbotlandi.
SHuningdek, Salmon Faraj terma jamoaning 2023 yilning oktyabrida Portugaliyadagi yig'inida qatnashishni xohlamagani uchun 100 ming rial (27 ming AQSH dollari) jarimaga tortildi.
Sulton G'annam Manchinidan Osiyo kubogidan oldingi yig'inda ishtirok etmaslikka ruxsat so'ragani uchun 200 ming rial (54 ming AQSH dollari) jarimaga tortildi.
Muhammad Maran, Xolid G'annam va Ali Hazozi Osiyo kubogi uchun yakuniy ruyxatdan joy olmagach, terma jamoa yig'inini tark etganliklari uchun 200 ming rial (54 ming AQSH dollari) jarima va 1 oy diskvalifikaciya qilindi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar