So’nggi yangiliklar

08:32Суперлига. Бугун "Динамо" учинчи ўринга кўтарилиб олиши мумкин  0 08:05Миср терма жамоаси устози кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  7 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун нимчорак финал йўлланмаси учун майдонга тушамиз  6 02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  10 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  4 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  6 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  17 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  4 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  21 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  468

Sardor Mirzaev jamoasi bilan shartnomasi muddatini uzaytirgani xususida nimalar dedi? Yangiliklar

Sardor Mirzaev jamoasi bilan shartnomasi muddatini uzaytirgani xususida nimalar dedi?

Teglar :  Sardor Mirzaev
Xabaringiz bor, “Neftchi” va “Lokomotiv” klublaridagi yorqin faoliyati bilan tanilggan Sardor Mirzaev bugungi kunda Tailandda to'p tepmoqda.

Mirzaev “Muangtong Yunayted” sharafini himoya qilmoqda. Yaqinda hamyurtimiz ushbu klub bilan amaldagi shartnomasi muddatini 2023 yiga qadar uzaytirdi. SHartnomani uzaytirish borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Menda boshqa jamoalardan ham taklif bo'lgandi. Ammo “Muangtong Yunayted” rahbariyati men bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekanini va barcha sharoitlarni yaxshilab berishini malum qildi. SHundan so'ng muzokaralar o'tkazdik va 2023 yilning yoziga qadar mo'jallangan shartnoma imzoladik.

To'g'risi, 2-3ta jamoalardan yaxshi takliflar tushdi. Jumladan, o'tgan yilgi Tailand chempionligini qo'lga kiritgan jamoadan ham chaqiruv bo'lgandi. “Muantong Yunayted”da qolishimga sabab, bu erdagi muhitga endi moslashib olgandim. SHu jihatlari sababli jamoada qolishni afzal bildim. Rahbariyat va murabbiylar ham menga katta ishonch bildirmoqda. 

Tailand futbolini tanlaganimga asosiy sabablardan biri yaxshi daromad topish edi. Buni yashirib o'tirmayman. Tailandda ko'proq mablag'ga ega bo'lish mumkin. Futbolchining faoliyati uzoq emas. Kelajagimizni yaxshilab olishimiz lozim. O'zbekistonga qaytishim ham mumkin edi. Har holda o'zimizning jamoalardan ham takliflar yo'q emasdi. Tailandda futbolga katta etibor qaratilayotgani sezilib turibdi. Barcha klublarda moliyaviy imkoniyatlar yuqori hisoblanadi. Aynan shu tomonlarini hisobga olib, shartnomam muddatini uzaytirishga qaror qildim.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика