Rustam Ashurmatov: "Fabio Kannavaro o'zi bilganlarini o'rgatib, barchasini birdek olib bormoqda"
15 noy 01:15
Yangiliklar
Rustam Ashurmatov: "Fabio Kannavaro o'zi bilganlarini o'rgatib, barchasini birdek olib bormoqda"
- Hudoga shukur, o'zimiz istagan o'yinni qila oldik. Bahsga tayyorgarlik chog'ida raqiblarning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqqandik. Murabbiylarning ko'rsatmalarini yigitlar qo'lidan kelganicha bajarishga harakat qilishdi va g'alabaga erishdik.
- Fabio Kannavaro futbolchilik faoliyatida himoyachi bo'lgan. U mashg'ulotlarda himoyachilar bilan qo'shimcha ishlamoqdami yoki boshqacha ko'rsatmalar berilyaptimi?
- Albatta, o'zi bilganlari bo'yicha ko'rsatmalar berishi kerak. U himoyachilar bilan alohida ishlagani yo'q, lekin himoyada ham yarim himoyada ham hujumda ham o'zi bilganlarini o'rgatib, barchasini birdek olib bormoqda.
- Oldingi mundialga termamiz chiqa olmaganidan keyin mana bu safargi jahon chempionatiga chiqdik. Tayyorgarlikda Afrikaning eng kuchli termalaridan biri mag'lub etildi. Termamiz yangi darajaga chiqmoqda desak bo'ladimi?
- Jahon chempionatiga chiqqandan keyin ushbu turnirda qatnashadigan barcha termalar bilan tengma-teng kurashishga majburmiz. Shu sababli ularning darajasiga chiqishga, tengma-teng o'ynashga harakat qilyapmiz. Turnirgacha jismoniy holatimizni yaxshilab, istalgan raqib bilan kurashishga o'zimizni tayyorlaymiz.
- Oldinda bizni yana Eronga qarshi final kutmoqda. Ushbu termada jamoadoshlaringiz bor. Bu o'yin haqida fikrlaringiz?
- Bunday o'yinlar bizga ham Eronga ham qiyin va qiziq bo'lgan. Yana bir final, unda o'zimiz istagan natijaga erishishni istaymiz va harakat qilamiz. U erda jamoadoshlarim bor, lekin maydonga terma bilan chiqsam, bunday hissiyotlar unutiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar