Kamoliddin Tojiev: "Mensimaslik bo'lishi mumkin emas. Jahongir aka safarga ketganlar, ertaga finalga etib kelar ekanlar"
28 okt 19:40
Yangiliklar
Kamoliddin Tojiev: "Mensimaslik bo'lishi mumkin emas. Jahongir aka safarga ketganlar, ertaga finalga etib kelar ekanlar"
"Har doimgidek tayyorgarlik ko'rdik. Kayfiyatimiz yaxshi. Ertangi muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz", – dedi Tojiev.
"O'tgan o'yinlarga tayyorgarlik ko'rgandek tayyorlandik. Ertaga maydonda yaxshi jang bo'ladi", – dedi Sardor Sobirxo'jaev finaldan oldin.

- "Paxtakor" ertaga favorit, "Buxoro" esa aksincha har bir bosqichda autsayder edi. Ushbu jihat jamoangizga qo'shimcha bosim o'tkazmaydimi? Ustiga-ustak yaqindagina safarda "Buxoro"ni yirik hisobda mag'lub etdingizlar.
- Bizda bunday fikr yo'q. Biz favoritmiz deb maydonga chiqishning o'zi noto'g'ri. Yigitlarga ham shuni takidladim. Mensimaslik bo'lishi mumkin emas. To'g'ri, "Buxoro"ni yirik hisobda mag'lub etdik, ammo raqib o'z vaziyatlariga ega bo'lgan edi.

- Sardor Sobirxo'jaevga savol. "Paxtakor" yaqqol favorit, ammo so'nggi finalda ham "Paxtakor" favorit edi, lekin "Nasaf"ga yutqazib qo'ygan edi. Ertaga ham raqibni mensimaslik shunday yakunga olib kelishi mumkinmi? Siz tajribali futbolchi sifatida yoshroq jamoadoshlaringizni bundan ogohlantirdingizmi? "Buxoro"ning birinchi marotaba finalga chiqishi "Paxtakor"ga qo'shimcha ishonch berib yubormaydimi?
- Ha, o'sha final kechagidek esimda. O'tgan yili ham "Navbahor" bilan o'yinda mag'lub bo'lgandik. Finalda har narsa bo'lishi mumkin, qizil kartochka va penalti. Qog'ozda bir ustunroq bo'lishimiz mumkin, ammo ertaga uch ochko uchun emas, sovrin uchun kurashamiz. Kamoliddin aka ham chempionatdagi o'yinlarni unutish kerakligini takidlab kelmoqda.

- "Paxtakor" Kubokni yutsa, xalqaro maydonga qaytadi. Shuning uchun finalda "Paxtakor"da motivaciya yuqori. Xalqaro maydonga qaytish orqali jamoa avvalgi darajasiga qaytadi. "Paxtakor"ni kubokni yuta olmasa jamoadan ketib qolishingiz ham mumkinmi? "Paxtakor" ambiciyasi eng yuqori jamoalardan biri va yana bir mavsumda xalqaro maydonsiz qolib ketishni rahbariyat kechirmasligi mumkin?
- Albatta. OCHLga qaytishga harakat qilamiz. Ertaga nima bo'lishini bilmaymiz. Men hali nima qilaman va nima bo'lishi menga bog'liq emas. Chempionatda ham oxirigacha kurashamiz. Ertaga g'alaba qozonib, xursandchilik qilib OCHLga qaytamiz degan umiddaman.
- "Paxtakor"ga ikkinchi davrada terma jamoa darajasidagi futbolchilar keldi. Ushbu futbolchilar jamoani yanada kuchaytirishdi. "Paxtakor"ning kelasi mavsumdagi ambiciyalari qanday bo'ladi? Shunday yuqori darajadagi futbolchilar saqlanib qolinadimi?
- Futbolchilarni jamoada olib qolishni xohlaymiz, ammo xorijdan yaxshi takliflar bo'lishi mumkin. Biz futbolchilarni ushlab o'tirmaymiz. Maqsadimiz tarkibni saqlab qolib va yana bir nechta futbolchilar bilan kuchayish.

- Sardor Sobirxo'jaevga savol. "Buxoro" zich himoyalansa kerak. "Paxtakor" esa hujumga zo'r berishi kutilmoqda. Agar "Paxtakor" raqib himoyasini yorib o'ta olmasa, biroz asabiylashish holatlari kuzatilishi mumkinmi?
- Hujumkor jamoa 90 daqiqa davomida gol ura olmasa, ruhiy jihatdan bosim ortib boraveradi. Bizda yaxshi ijrochilar bor, umid qilamanki, ular ertaga o'zini ko'rsatishadi.
- "Buxoro"ning qaysi jihatlarini kuchli deb ayta olasiz?
- Qarshi hujumlarini.
- Sardor Sobirxo'jaevga savol. Jamoa rahbari ko'pgina muhim uchrashuvlardan oldin va keyin jamoa bilan suhbat qurgan edi. Misol uchun, "Neftchi"ga qarshi birinchi safardagi o'yindan keyin "Chempion bo'lishni istasanglar, hech kimdan qo'rqmay o'ynanglar" degan edi. Jahongir Ortiqxo'jaev bilan final oldidan gaplashdilaringizmi?
- O'yindan oldin uchrashmadik. Jahongir aka safar bilan xorijga ketibdi. Aytishlaricha, ertaga finalga etib kelar ekanlar. Kutamiz.

"Buxoro" – "Paxtakor" to'qnashuvi ertaga "Bobur Arena"da 18:30 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar
Узбекистонни ори
Уйнаймиз осиёда
Кичкириб Ар риёдда