Eldor Shomurodov: "Zamonaviy futbolda barchasiga tayyor turish kerak"
15 noy 00:23
Yangiliklar
Eldor Shomurodov: "Zamonaviy futbolda barchasiga tayyor turish kerak"
- Birinchi bo'limda katta ustunlik biz tomonda bo'ldi. Ikkitadan ham ko'proq gol ursak bo'lardi. Birinchi bo'limni yutib olganimizdan keyin ikkinchi bo'limda himoyaga ko'proq etibor qaratdik. Murabbiy ham taktikasini biroz o'zgartirdi. Shu sababli ikkinchi bo'lim boshida ularga biroz tashabbusni berib qo'ydik. Lekin asosiysi gol o'tkazib yubormadik.
Vaziyatlarni golga aylantirishda xatolar bo'ldi deb o'ylayman. Bu erda asosiysi vaziyatlar yaratish. O'sha vaziyatlarga ega bo'ldik. Bu Oston va Aziz bilan bir-birimizni yaxshi tushunib o'ynayotganimizdan dalolat beradi deb o'ylayman.
Pressing qilishga harakat qildik. Har xil o'yin bo'ladi. Birinchi bo'limda pressing qilishga, tashabbusni qo'limizda ushlashga harakat qildik. Lekin ikkinchi taymda ko'proq himoyaga etibor berdik. Hozirgi zamonaviy futbolda barchasiga tayyor turish kerak deb o'ylayman. Himoyada ham hujumda ham bir xil harakat qilish kerak. Chunki bazi o'yinlarda pressing bilan o'ynashga to'g'ri keladi, ayrimlarida pressing qilishni istasangiz ham raqib kuchli bo'lsa, himoyada o'ynash kerak bo'ladi. Shu sababli barchasiga tayyor turish kerak.
Eron bilan o'yinda, albatta, har doim g'alaba uchun harakat qilamiz, - dedi Shomurodov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar
Менга Мармуш бир жаҳон.
Лек Остондек футболчимиз бор,
Ўзбекистон ўзбегим!!!