"Neftchi" Abduraimov va Ivankov bilan bir hafta ichida hisob-kitob qilishi lozim - PFL
03 okt 2025 13:54
Yangiliklar
"Neftchi" Abduraimov va Ivankov bilan bir hafta ichida hisob-kitob qilishi lozim - PFL
O'zbekiston futbol associaciyasi qoshidagi Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitaning sentyabr oyi oxiridagi yig'ilishida "Neftchi" klubining futbolchi Sardor Abduraimov hamda darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov oldidagi qarzdorliklari mavjudligi tasdiqlandi.
"Qo'mita yig'ilishi bayoniga ko'ra, farg'onaliklar Abduraimov oldidagi qarzdorlikni joriy yilning 10 oktyabr sanasiga qadar, Ivankovga to'lanmay qolgan ish haqini esa joriy yilning 6 oktyabr kunigacha to'lab berishi belgilangan.
Klub tarafidan ushbu qarzdorlik o'z vaqtida bartaraf etilmasa, unga nisbatan moliyaviy jarimalarga qo'shimcha ravishda og'irroq sport sankciyalari qo'llanilishi yuzasidan ogohlantirildi", – deyiladi xabarda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar