So’nggi yangiliklar

01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  0 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  1 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  1 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  7 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  2 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0

Otabek Shukurov: "Yig'in boshlangandan keyin 4 kun mobaynida murabbiylar Misrning qanday o'ynashini uqtirib bordi" Yangiliklar

Otabek Shukurov: "Yig'in boshlangandan keyin 4 kun mobaynida murabbiylar Misrning qanday o'ynashini uqtirib bordi"

Misrga qarshi o'yindan keyin O'zbekiston termasi futbolchisi Otabek Shukurov fikrlarini bildirdi.

- Yutib oldik, finalga chiqdik. Misr yaxshi terma jamoa, shunga yarasha yaxshi o'ynadik. Bunday o'yinlar biz uchun jahon chempionati oldidan yaxshi tayyorgarlikni o'tab beradi. Afrika va boshqa qita vakillari bilan ko'proq bahslar o'tkazishimiz kerak. Chunki jahon chempionatida kimlar tushishi nomalum. Shu sababli ularni his qilib olishimiz uchun yaxshi raqib bo'ldi. Muxlislarni xursand qildik deb o'ylayman. Eronga qarshi finalda o'ynaymiz. Yana chempion bo'lishga harakat qilamiz.

- Bunday kuchli jamoalarga qarshi ikkinchi planda o'ynardik, bugun esa birinchi planda bo'ldik. Bizda ham ko'plab vaziyatlar bo'ldi? Bunday raqibga qarshi hujumda o'ynash uchun o'zlaringizni qanday tayyorladinglar? Murabbiylarning ko'rsatmalari qanday bo'ldi?

- Yig'in boshlangandan keyin 4 kun mobaynida murabbiylar Misrning qanday o'ynashini uqtirib bordi. Urgan gollarimiz ham murabbiylarning ishi. Murabbiylar bizga raqibni qanday yopishimiz, pressing qilishimiz, darvozabon bilan birga-bir holatga chiqib ketishimiz borasida bir qancha variantlar berishdi. Oz bo'lsa ham buni amalga oshirdik deb o'ylayman. Shuni hisobiga g'alaba qozondik.

- Hakamlar finalda Eron va Misrni o'ynatgisi kelgandek bo'ldi.

- Bizga ham shunday tuyuldi. Hakam ko'proq raqiblarga simpatiyada bo'lib turdi. Shunga qaramay Alloh bizga g'alaba berdi. 

Reyting: +7   

Fikrlar

   
15 noy 01:30:41
Haqiqat-2
Дильшод foydalanuvchining fikriga javob berish
Бунда тезлик йўқ, оғир карвон, олади, сразу орқага ташлайди
Лекин 2-голга Супер пас берди
   
15 noy 01:12:51
Дильшод
Бунда тезлик йўқ, оғир карвон, олади, сразу орқага ташлайди
   
15 noy 01:04:54
Erkin Abdullaev
Xakamlar xaqli boshqardi menimcha
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика