Mbappe rekord o'rnatdi
14 noy 23:54
Yangiliklar
Mbappe rekord o'rnatdi
Kilian Mbappe faoliyatidagi 400-golini Leo Messi va Krishtianu Ronaldudan ertaroq urdi.
"Real" forvardi va Franciya termasi hujumchisi kecha JCH-2026 saralashida Ukraina darvozasiga ikkita gol urdi. Bu paytda u 26 yosh, 10 oy va 24 kunlik edi.
Shu orqali Mbappe faoliyatida 400-golini urgan eng yosh futbolchiga aylandi. U bu borada Gerd Myuller (27 yosh, 2 oy va 17 kun), Leo Messi (27 yosh, 3 oy va 3 kun) kabi futbolchilardan ertaroq natija ko'rsatdi. Lekin Kilian ushbu futbolchilardan ko'ra ko'proq o'yinda qatnashdi - Kilianda 537, Myullerda 403 va Messida 525 o'yin.
Undan faqatgina Pele yoshi bo'yicha 400ta golni ertaroq urgan. Biroq bu o'tgan asrda qayd etilgan. Mbappe esa XXI asrda 400ta golni eng erta urgan futbolchiga aylandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Fikrlar