So’nggi yangiliklar

01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  0 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  2 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  6 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  12 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  2 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  19 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  464 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  5 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0

Fabio Kannavaro: "Jahon chempionatiga chiqqandan keyin strategiya tuzilgan va biz buni bajarish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz" Yangiliklar

Fabio Kannavaro: "Jahon chempionatiga chiqqandan keyin strategiya tuzilgan va biz buni bajarish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz"

Misr termasiga qarshi o'yindan keyin O'zbekiston termasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro matbuot anjumanida qatnashdi.

- Futbolchilar uchun xursandman. Bu erga kelganimdan buyon ular qo'lidan kelganicha harakat qilishmoqda. O'rganishga, ishlarni yaxshilashga intilishmoqda. Ular termaning qanchalik kuchli ekanligini isbotlashni istashyapti. Bunday termalarga qarshi o'ynash oson emas. Raqib tarkibida ko'plab top futbolchilar bor edi. O'yin boshidanoq katta etibor bilan o'ynashni boshladik. Birinchi va ikkinchi gol vaqtida ham, to'psiz holatda ham yaxshi o'ynadik, barcha hududlarni yopishga harakat qildik. Albatta, natija biz uchun muhim. Endi shunday ishlashda davom etishimiz, o'yinni yaxshilashimiz kerak. Men jamoaning jismoniy holatidan havotirdaman. Mashg'ulotlar davomida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash kerak. Bunday natijalar bizga ko'proq kuch beradi.

- Oston O'runovning almashtirilishi sababi nimada edi? U Eronga qarshi o'ynaydimi?

- Bilmadim. Biz o'yinni hozir tugatdik. Oston, albatta, charchagan edi. U qo'lidan kelganini qildi. U jarohatidan tiklanganidan beri endi uchinchi o'yinini o'tkazdi. Ostonning jismoniy holatini yaxshilash kerak.

- Bu erga qaytish haqida qanday fikrdasiz?

- BAAga kelsam doimo xursand bo'laman. Bu erda meni yaxshi kutib olishgan, yaxshi sharoitlari bor, maydonlari sifati yaxshi. Yangi stadion ham zo'r. Bu erda bo'lish men uchun doimo yoqimli. 

- O'zbekiston termasi so'nggi yillarda Eronga qarshi ko'plab o'yinlar o'tkazdi. Oldindagi uchrashuv oldingilari qanchalik farq qiladi?

- Ularga qarshi o'yinlar sovrin uchun bo'lganmidi? Eron bilan ko'plab bahslar bo'lgan. Ushbu termani juda ham hurmat qilamiz. Osiyoda ular eng kuchli termalardan biri. Bu o'yinda biz ularga muammolar yaratishni istaymiz. 

- Kosmin Olariu bilan birga ishlagansiz. U BAA termasi bilan jahon chempionatiga bora oladimi?

- Kosmin Olariu top-murabbiy ekanligiga aminman. U bilan faoliyatimni boshlash men uchun muhim bo'lgan. Umid qilamanki u ham termasini jahon chempionatiga olib chiqa oladi. BAA termasining o'yinlarini kuzatib boryapman. Uni oldinda juda qiyin o'yin kutib turibdi. U vazifani bajara oladi deb o'ylayman.

- G'alaba muborak va bardavom bo'lsin. Bugungi o'yinda himoya yaxshi o'ynadi-yu, bazida darvozabon bizni qo'rquvga soldi. Darvozabonning o'yinidan qoniqdingizmi? Muhammad Salohni yopish bo'yicha alohida ko'rsatmalar bo'ldimi?

- Muhammad Salohni yopib qo'yishning iloji yo'q. Birdamlik bilan bunday o'yinchilarni zararsizlantirish mumkin. Abduvohid Nematov to'psiz holatda yaxshi ishlamoqda. Bunday termalarga qarshi o'yinlarda raqiblar albatta darvozaga zarba berishadi. Biz himoyada qiynalgan vaziyatlarimiz ko'p bo'ldi. Raqiblarda ham yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi, lekin juda xavfli vaziyatlar yarata olishmadi. Bu men uchun juda ham muhim edi. 

- BAA terma jamoasining hozirgi holati haqida qanday fikrdasiz? BAA va O'zbekiston futboli o'rtasidagi farq qanday?

- Umuman boshqacha. Buni hozir taqqoslab bo'lmaydi. Bu termada ko'plab xorijlik futbolchilar bor, ular orqali termani kuchaytirish imkoniyati bor. Shu sababli o'zaro taqqoslash noo'rin deb o'ylayman. Men ishlagan paytdagi holat boshqacha edi. Har bir federaciya o'z termasi kuchayishi uchun katta mehnat qiladi. O'zbekiston termasini tanlaganim sababi, ularda ko'plab iqtidorli futbolchilar bor. So'nggi yillarda mahalliy futbolchilarga etibor juda katta. Xitoyda ham ishlaganman. Bu ishlar bazi termalar uchun mos tushmasligi ham mumkin. Agarda jahon chempionatiga chiqsangiz, barcha xursand bo'ladi. Agarda chiqa olmasangiz, barcha o'z shikoyatini yozadi. Jahon chempionatiga chiqqandan keyin strategiya tuzilgan va biz buni bajarish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz.

Reyting: +13   

Fikrlar

+1   
15 noy 00:34:19
STENLESS..R
Хаммаси тренерга боглик зкан агар Катанец Косимов Копадзе булганида аник карши хужумда уйнар здик кискаси финалда Зронни ютсак Каннаварони имзоси билинади галаба б.н таб.н
+1   
15 noy 00:29:32
Акрамжон Халилов
Канавваро сенга раҳмат, ЖЧ да ҳам гуруҳдан йигитларимизни олиб чиқсанг биз учун катта натижа деб қабул қиламиз.
+1   
15 noy 00:18:05
Begzod mersisayd
Raxmat Fabio termamiz bundanam kuchayishiga ishonamiz
+1   
15 noy 00:16:16
FCB&MYU
Bugungi o'yin uchun 5+
+1   
15 noy 00:15:13
Isroiljon Qosimov
Рахмат,ДОН ФАБИО!!!
   
15 noy 01:26:41
ЮВЕНТУС-10
Аббос кайтса термамиз янада кучаяди аммо машарипов утган йилги уйини булса термага тортмайди жалол Темур ишлаганда унинг жойи термага аник єди.
   
15 noy 00:27:46
Zohidjon Usarov
Тугри 60минутдан кейин Хусанодан бошка хамма чарчаб колди.
   
15 noy 00:22:07
Nodirhon
Остон буйича яхши врач назорати керакда шу куп травма олади керак пайтларда
   
15 noy 00:21:19
Amir
Аббосбек Файзуллаев каерда?
   
15 noy 00:19:16
Zohid
Агар 2 чи таймда ҳам 1 чи таймдек ўйин ташкил қила олса ЖЧ да анча узоққа борамиз
-1   
15 noy 01:21:57
бек тв
Кападзени болалари шу ердамисила? Еки Адаларинга кушилиб индонезияга болеть кигани кетвордилами))))
-1   
15 noy 01:12:14
Erkin Abdullaev
Gruzinmi armanmi vaqtida ketibdi
-1   
15 noy 00:30:20
abdallah shahry
34 ийл кутмай , барвахрок шундай сифатли мурабийларни (Купер , Катанец, Канаваро) олиб келсак ала качон жахон чемпионатида булардикми. Лекин шунисигаям Аллохга шукур. хама сохаларда европаликлар билан ишласак , хеч каерга иш охтариб юришга мухтож колмайди.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика