So’nggi yangiliklar

17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  0 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  11 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  1 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  18 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12

Sanjar Tursunov: "AGMKdagi barcha jamoa tarixida yangi sahifa ochish istagida" Yangiliklar

Sanjar Tursunov: "AGMKdagi barcha jamoa tarixida yangi sahifa ochish istagida"

AGMK jamoasining yangi azosiga aylangan va joriy yil olmaliqliklarning ilk transferiga aylangan tajribali futbolchi Sanjar Tursunov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

Quyida AGMK jamoasining yangi futbolchisi Sanjar Tursunovning qator mavzular bo'yicha o'z fikrlarini etiboringizga havola qilamiz.


Dastlab Sanjar Tursunov AGMKga o'tishga eng asosiy omil sifatida nima yoki kim rol o'ynagani haqida so'zladi:

- Birinchi navbatda Mirjalol Qo'shoqovichning taklifi meni bu jamoaga o'tishim uchun asosiy faktorga aylandi. Sababi, men avval ham terma jamoada ushbu tajribali mutaxassis bilan birga ishlaganman. Futbolchi uchun murabbiyning unga bo'lgan ishonchi va qiziqishi muhim. SHuningdek, yangi mavsumda AGMK oldiga yuqori vazifalar qo'yilayotgani ham meni bu jamoani tanlashimni engillashtirdi. Har bir futbolchi yuqori vazifalar qo'yiladigan jamoada to'p tepgisi keladi. 


Olmaliqlik muxlislar avvalgi, O'zbekiston MTJ safidagi yorqin o'yinlari bilan tanilgan va O'zbekistonda yil futbolchisiga aylangan optimal formadagi Sanjar Tursunovni ko'rishlari mumkinmi, degan savolga futbolchi quyidagi javobni berdi:

- Men olmaliqlik muxlislarga nimaga qodir bo'lsam, buni bor kuchimni sarflagan holda ko'rsatishga vada beraman. SHuni aytmoqchimanki, nafaqat o'zim, balki butun jamoa yangi mavsumda ajoyib o'yinlari bilan muxlislar olqishi va etirofiga sazovor bo'lish uchun qattiq mehnat qilamiz. SHu o'rinda muxlislarga nafaqat yaxshi va g'alabali onlarda, balki futbolda ruy berishi mumkin bo'lgan har qanday holatda ham jamoaga dalda bo'lib, bizni yolg'izlatib qo'ymasliklarini so'rardim. Ishqibozlar olqishi bizga ilhom beradi va doim olg'a borishga undaydi. SHu boisdan ham ularning qo'llab-quvvatlovi zarur. O'ylaymanki, Xudo xohlasa yangi mavsumda AGMK o'zining o'yinlari va natijalari bilan muxlislarni xursand qiladi. Bunga esa barchamiz birgalikda erisha olamiz.


Yangi jamoada Sanjar Tursunovni hayron qoldirgan jihat uchradimi va AGMKning qolgan klublar bilan taqqoslaganda aynan nimalarda farq sezildi, degan savolga futbolchi quyidagicha javob qaytardi:

- Meni hayratlantiradigan jihat bo'lgani yo'q, shukur. Futbolda ko'p yillardan buyon turli jamoalarda to'p tepdim. Muhimi, yangi jamoada moslashish jarayonimda muammo yuzaga kelgani yo'q. Bir tarafdan shunisi yaxshiki, AGMKda do'stlarimdan Akmal SHorahmedov hamda qolgan ko'plab futbolchilar bilan avvaldan tanish edim. O'zbekistonni yaxshi tarafi, til bo'yicha ham futbolchilar o'rtasida to'siq yo'q. Asosan xorijda to'p tepganim va u erda turli mamlakatlardan vakillar bo'lishi sababli, oldin yangi jamoa muhitiga ko'nikishda qiyinchiliklar uchrab turardi. Bu erda hammasi silliq kechmoqda. AGMKni faqat "Bunyodkor" bilan solishtirib, o'shanda yangi jamoam haqida eshitganlarim bilan taqqoslashim mumkin. Ilk kunlarda sezganim va ko'rganim: tartib va mashg'ulot jarayoni yuqori darajada. Bu erga kelmasimdan avvalroq eshitganlarim va ko'rganimdan keyingi xulosa: faqat yaxshi. AGMK qolgan klublarimga nisbatan faqat yaxshi tarafga farq qiladi, shunisi bilan ajralib turibdi. Bu erga kelib yangi jamoaga moslashish borasida hech qanday muammo bo'lgani yo'q. O'zimni jamoani ichida anchadan buyon yurgandek his qilyapman. To'g'ri, har bir boshqa jamoada qandaydir yangiliklar bo'ladi. Lekin muhit zo'r, bu taraflama o'zimni juda erkin his qilyapman.


AGMK o'z tarixida milliy chempionatda sovrindor bo'lmagani va Tursunov jamoaning yangi sahifasini yaratishda ishtirok etish imkoniyati futbolchilarga qanchalik motivaciya berishi haqida:

- Futbolchilar doim o'z darajasini ko'rsatib, yuqori, maksimal vazifalarni bajarish uchun harakat qilishi lozim. Bu erga kelib anglaganim shu bo'ldiki, rahbariyat, murabbiylar shtabi, futbolchilardan tortib jamoa uchun mehnat qilayotgan barcha personallargacha AGMK tarixida yangi sahifa ochish maqsadini ko'rdim. AGMK jamoasi tarixiga kirish hamda yuqori natijalarni ko'rsatish istagi har bir futbolchiga motivaciya beradi.


Sanjar Tursunov AGMKda qaysi raqamni tanlashi haqida:

- Men yoqtirgan raqamlarning barchasi band ekan. Bu erga kelib, men bu raqamda o'ymoqchiman, buni menga ber deyish noto'g'ri bo'ladi. SHu bois bo'sh turgan 77-raqamni olishni mo'ljallamoqdaman.


Tursunov AGMKdagi o'yinlari orqali yana O'zbekiston milliy terma jamoasi eshiklarini ochishni mo'ljallayotganini hamda vatan jamoasi sharafini himoya qilish uchun doim tayyor bo'lishini takidladi:

- Futbolchilarning azaliy orzulari qatorida doim terma jamoa libosida o'ynash turadi. Ayni paytda bor konsentraciyani va fokusni AGMKga qaratib, yangi mavsumda jamoamiz bilan yaxshi natijalarga erishsak, men ham yorqin o'yin namoyish etsam, bu orqali albatta MTJga yana qayta eshik ochish mumkin. Agarda terma jamoadan taklif bo'lsa, unda men doim tayyorman. Vatan jamoasi sharafini himoya qilish katta sharaf.


Sanjar Tursunov shaxsiy va jamoaviy ko'rsatkich bo'yicha yangi mavsumdagi minimal va maksimal vazifalar haqidagi savolga javob qaytardi:

- Men uchun va o'ylaymanki, jamoa uchun ham OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasini bajarsak, unda ko'ngil xotirjam bo'ladi. Men uchun minimal vazifa hamda maqsad -  jamoaga yaxshi natijalar qayd etish uchun maksimal yordam berish. Meni shaxsiy ko'rsatkichlar u qadar qiziqtirmaydi. Men to'purarlik borasida talashmayman, muhimi jamoaviy natija. Ko'plab assistlarni amalga oshirib, jamoadoshlarimning gol urishiga yordam berish uchun maksimal harakat qilaman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика