O'zbekiston Superkubogi: debyutant “Neftchi” sakkizinchi jamoa, rekord “Paxtakor”da
14 mar 17:05
Yangiliklar
O'zbekiston Superkubogi: debyutant “Neftchi” sakkizinchi jamoa, rekord “Paxtakor”da
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi ilk bor mazkur trofey uchun maydonga tushadi va shu tariqa turnirda ishtirok etgan klublar ro'yxati kengayadi.
Shu paytgacha Superkubok bahslarida jami 7 ta jamoa ishtirok etgan bo'lsa, "Neftchi" ushbu ro'yxatga sakkizinchi klub sifatida qo'shiladi. Bu esa Farg'ona klubi uchun ham, vodiy futboli uchun ham muhim voqea hisoblanadi.
Vodiydan uchinchi jamoa
Qayd etish joiz, bu bilan vodiydan Superkubokda ishtirok etgan uchinchi jamoa paydo bo'lmoqda. Bundan avval “Navbahor” va “Andijon” jamoalari bir martadan ushbu sovrin uchun kurash olib borgan, "lochinlar" g'alaba qozongan, "burgutlar" raqibiga imkoniyatni boy bergan.
O'zbekiston Superkubogi-1999.
"Navbahor" (Namangan) - "Paxtakor" (Toshkent) 4:2
O'zbekiston Superkubogi-2025
"Nasaf" – "Andijon" 1:0

Rekord — "Paxtakor"da
Superkubok tarixida eng ko'p ishtirok etgan jamoa — Toshkentning "Paxtakor" klubi hisoblanadi. "Sherlar" ushbu turnirda 7 marta bosh sovrin uchun maydonga tushgan.
1999. "Navbahor" - "Paxtakor" 4:2
2015. "Paxtakor" – "Lokomotiv" 0:4
2016. "Nasaf" - "Paxtakor" 1:0
2021. "Paxtakor" - "Nasaf" - 1:0
2022. "Paxtakor" – "Nasaf" 1:0
2023. "Paxtakor" – "Nasaf" 1:2
2024. "Paxtakor" – "Nasaf" 1:1 (pen 3:4)
Ishtiroklar soni bo'yicha keyingi o'rinlarda "Nasaf" va "Lokomotiv" jamoalari joy olgan. Qarshi klubi Superkubokda 6 marta, "temiryo'lchilar" esa 3 marta qatnashgan.
Qolgan jamoalar esa bir martalik ishtirok bilan cheklangan.

O'zbekiston Superkubogi ishtirokchilari soni:
"Paxtakor" — 7
"Nasaf" — 6
"Lokomotiv" — 3
"Navbahor" — 1
"Andijon" — 1
"Bunyodkor" — 1
OKMK — 1
Endilikda ushbu ro'yxatga "Neftchi" ham qo'shilib, turnir tarixidagi ishtirokchi jamoalar soni yana bittaga ko'paydi. Farg'onaliklar debyut uchrashuvida qanday natija qayd etishini ertaga bilib olamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
ТАБРИКЛАЙМИЗ !!!, лекин ҳеч қачон суперкубокни қўлга киритиш насиб қилмаган.