Nazorat bahsi. Samarqandning "Dinamo"si Rossiyaning 6 karra chempioni CSKAni mag'lub etdi
25 jan 20:01
Yangiliklar
Nazorat bahsi. Samarqandning "Dinamo"si Rossiyaning 6 karra chempioni CSKAni mag'lub etdi
Uchrashuv davomida uch bor hisobda ortda qolgan samarqandliklar yakunda g'alabani ilib ketishga muvaffaq bo'lishdi.
Nazorat bahsi
CSKA (Rossiya) — "DINAMO" (O'zbekiston) 3:4
Gollar: 1:0 — 5' Joao Viktor, 1:1 — 16' Nurillo To'xtasinov, 2:1 — 26' Lusiano Gondu, 2:2 — 38' Azizbek Amonov, 3:2 — 81' Matvey Lukin, 3:3 — 82' Sanjar Qodirqulov, 3:4 — 90+2' Ahadjon Hoshimov.
CSKA: Torop, Gayich, Joao Viktor, Abdulkadirov, Bandikyan, Krugovoy, Barinov, Alves, Glebov, Voronov, Lusiano.
"Dinamo": Yagudin, Jumaboev, Brazil, Abdullaev, Qodirqulov, Abdusalomov, Kingsley, Salou, To'xtasinov, Halilov, Amonov.
O'yin xronikasi:
O'yin mezbonlarning tezkor goli bilan boshlandi. Biroq Nurillo To'xtasinov va Azizbek Amonovning gollari evaziga "Dinamo" muvozanatni saqlab turdi. Bahsning so'nggi o'n daqiqaligi esa haqiqiy trillerga aylandi. 81-daqiqada mezbonlar yana oldinga chiqib olishgan bo'lsa, bir daqiqa o'tib Sanjar Qodirqulov hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarda Abdulhadjon Hoshimov g'alaba to'pini kiritib, Samarqand jamoasiga g'alabani taqdim etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar