"Liverpul" "Real"dan ikki o'yinchini 120 million evroga sotib olishi mumkin - TEAMtalk
14 mar 09:43
Yangiliklar
"Liverpul" "Real"dan ikki o'yinchini 120 million evroga sotib olishi mumkin - TEAMtalk
"Liverpul" "Real" yarim himoyachisi Eduardu Kamavingani sotib olish bo'yicha muzokaralarni boshladi.
Mersisaydliklar francuz futbolchisini kelayotgan yozda 50 million evroga olishmoqchi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manba malumotlariga ko'ra, ingliz klubi "qaymoqranglilar" markaziy himoyachisi Din Xyoysenga ham qiziqish bildirmoqda. "Liverpul" o'tgan yozda "Bornmut"dan "Real"ga o'tgan o'yinchi uchun 70 million evro to'lashga tayyor. Takidlanishicha, "qirollik klubi" foydali taklif bo'lsa, Xyoysenni sotib yuborish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Joriy mavsumda Kamavinga barcha turnirlarda 31 o'yinda ishtirok etdi, unda 2 gol urdi va 1 golli uzatma berdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 50 million evro.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar