Sanjar Quvvatov: "Hozir natija uchun o'ynaydigan emas, zaxirani o'ylab ish qiladigan payt"
27 jan 09:35
Yangiliklar
Sanjar Quvvatov: "Hozir natija uchun o'ynaydigan emas, zaxirani o'ylab ish qiladigan payt"
1:2 hisobida yakuniga etgan o'yindan keyin Sanjar Quvvatov kichik intervyu berdi.
"Yig'indagi ikkinchi o'yinni o'tkazdik. Afsuski raqib ikkita hujum qildi, ikkita gol urdi. Ikkinchisida qarshi hujumdan foydalanishdi. Aslida biz burchak zarbasini tepgan edik. Mavsum oldi yig'inlardagi bu kabi o'yinlarda turli eksperimentlarni tekshirib olamiz. Mana ikki o'yindirki asosiy tarkibda 11 nafar yosh futbolchi tushyapti. Agar hozir biz dastlabki daqiqalardanoq asosiy tarkib bilan harakat qilsak bu kabi o'yinlarda g'alaba qozonamiz, ammo ertaga zaxiramiz uchun kerak bo'lgan yoshlarni o'yinsiz qoldirgan bo'lamiz. Bu yil oldimizda katta bir mavsum turgan paytda, yig'inda ko'proq asosiy urg'uni tajribali futbolchilar bilan yoshlarni qorishtirib olishga qaratishimiz kerak",- deydi tajribali posbon.
- "Paxtakor"ning bugungi holatidan kelib chiqadigan bo'lsak, mavsumda muxlislar klubdan nima kutishsa bo'ladi?
- Unutmaylik, bugun asosiy tarkibga kirishi mumkin bo'lgan 5 nafar futbolchi O'zbekiston milliy terma jamoasi ixtiyorida. Bo'riev, Hamraliev, Abjumajidov va Turg'unboev kabi asosiy tarkib o'yinchilari jarohatlarni davolash bilan band. Shunda ham bizda 22 nafar futbolchi ikkiga bo'lingan holda o'ynay olyapti. Demak, bizda yaxshi jamoa bor va 2026 yil o'zimiz ishtirok etadigan barcha musobaqalarda maksimal natijani vazifa qilib olamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar