Sanjar Shomurodov: "Eldor bolaligidan Evropada o'ynashni niyat qilardi"
31 jan 09:00
Yangiliklar
Sanjar Shomurodov: "Eldor bolaligidan Evropada o'ynashni niyat qilardi"
Ovoz berish natijalarida Eldor Shomurodov raqobatchilarini ortda qoldirdi va yilning "Eng yaxshi futbolchisi" sovriniga ega chiqdi. Mukofotni uning akasi Sanjar Shomurodov qabul qilib oldi.
"Mazkur yutuqqa erishgani bilan Eldorni oilamiz nomidan tabriklayman. Bu ulkan sharaf. Futbolchilar bunday mukofotga erishish uchun qanchadan-qancha mehnat qiladi. Shu bois juda xursandmiz. Eldorning o'yini borligi sababli tadbirga kela olmadi, mukofotni o'zim qabul qilib oldim. Sahnaga chiqish har bir futbolchining orzusi. 2026 yilda bo'ladigan eng katta musobaqa — Jahon chempionatida barcha futbolchilarga omad tilayman, — dedi Sanjar Shomurodov.
— Yoshlikda chang ko'chalarda birga to'p tepgan paytlaringizda mana shunday sovrinni qo'lga kiritishni orzu qilganmidinglar?
— Har bir futbolchining orzusi — kuchli ligaga yo'l olish. Hammasi Xudodan. Eldor ham yoshligidan buni niyat qilardi. "Men Evropada o'ynayman", derdi u.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar