Sanjar Shoahmedov: "Faoliyatimni tugatmagandim. Shunchaki biroz dam oldim"
15 fev 23:45
Yangiliklar
Sanjar Shoahmedov: "Faoliyatimni tugatmagandim. Shunchaki biroz dam oldim"
- Faoliyatingizda tanaffus yuzaga keldi va mana endi siz "Metallurg"dasiz. Bunga nima sabab bo'ldi?
- Bunday gaplarni endi sizdan eshitmoqdaman. Lekin faoliyatimni tugatmagan edim. Shunchaki biroz dam oldim. "Metallurg"dan taklif bo'ldi. Jamoaning rejalari, o'z oldiga yuqori maqsad qo'yganini bilib, jamoa safiga kelib qo'shildim. Futbolga befarq bo'lmagan bekobodlik muxlislar bizni qo'llab-quvvatlashlariga ishonaman.
- O'tgan yili "Xorazm"da bir davra o'ynadingiz. Mana shu davr haqida nima deya olasiz?
- Xorazmga yaxshi niyatda borgandik. Imkoniyat berilgan o'yinlarda haminqadar o'ynadim. G'alabalarga hissa qo'shishga harakat qildim. Qolganiga muxlislar baho bergani to'g'riroq bo'ladi.
- "Metallurg"da shakllanayotgan tarkib borasida nima deya olasiz?
- Jamoa o'z oldiga Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishni maqsad qilib qo'ygan. Shunga mos ravishda tarkib tajribali futbolchilar atrofida qurilmoqda. Shunday bo'lsa-da, safimizda iqtidorli yoshlar ham bor. Mashg'ulotlarda, o'rtoqlik uchrashuvlarida ulardan bazilari o'zini ko'rsatishga ham muvaffaq bo'lyapti. Biz esa ularga tajribamizdan kelib chiqib, maslahatlar berishimiz, yo'l-yo'riq ko'rsatishimiz kerak.
- Bundan bir necha yil avval "Lokomotiv" klubidagi debyut mavsumingizda 12 ta gol ura olgansiz. Yangi mavsumda sizdan nechta gol kutsak bo'ladi?
- Yodimda. Gollarimning aksariyatini Jasur Hasanov uzatmasidan urgandim. O'shanda umumiy jamoa katta ko'lamdagi ishni amalga oshirgan edi. Avvaldan qandaydir aniq sonni aytmaganim maqul. Bo'lajak mavsumda ham "Metallurg" g'alabalariga samarali harakatlarim bilan hissa qo'shishga astoydil harakat qilaman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar