Spalettining "Yuventus"dagi kelajagi malum
14 mar 10:12
Yangiliklar
Spalettining "Yuventus"dagi kelajagi malum
Turin "Yuventus"ining bosh murabbiyi Luchano Spalletti klub bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.
Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manba malumotlariga ko'ra, tomonlar shartlarning asosiy qismini kelishib bo'lgan va hozirda so'nggi detallarni muhokama qilmoqda.
"Yuventus" rahbariyati Spalletti bilan yangi shartnoma masalasini milliy terma jamoalar o'yinlari uchun mart oyidagi pauza vaqtida hal qilishni rejalashtirmoqda.
Spalletti "Yuventus"ni o'tgan yilning kuzidan beri boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligida turinliklar 28 ta o'yin o'tkazib, 15 ta g'alaba qozongan, 6 ta mag'lubiyatga uchragan va 7 marta durang qayd etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar