So’nggi yangiliklar

15:58"Локомотив" футболчиси "Бухоро"га йўл олди  0 15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  1 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  1 14:33ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди  6 14:12Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!  17 13:52Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!  19 13:30Кроос ЖЧ-2026 форматига қарши чиқди: "5:0 ёки 6:0 ҳисобидаги ғалабаларни эмас, сифатли ўйинларни кўришни истайман"  8 13:05Йилнинг охирги ўйинлари TVCOM'да  0 12:57"Арсенал" ва "Манчестер Сити" собиқ футболчиси "Кан" бош мураббийи этиб тайинланди  1 12:31Ўзбекистон U-18 терма жамоасининг Туркияга йўл оладиган таркиби эълон қилинди  2 12:15Маурицио Сарри юрагидан операция қилинди  2 11:52Кореяга кетиши кутилган футболчи "Сўғдиёна" билан шартномасини узайтирди  1 11:29Артета қишки трансфер ойнасида "Арсенал" таркибини кучайтиришга бел боғлади  2 11:05Бугун Қатарга қарши ўйнаймиз  3 10:21Расман. "Локомотив" ва "Сўғдиёна" каби жамоаларни бошқарган мураббий Пролига клуби бош мураббийига айланди  2

Samvel Babayan: “Biz “Navbahor” futbolchilari bilan faxrlanishimiz kerak” Yangiliklar

Samvel Babayan: “Biz “Navbahor” futbolchilari bilan faxrlanishimiz kerak”

Osiyo CHempionlar ligasi, “D” guruhi, 6-turidan o'rin olgan “Mumbay Siti” – “Navbahor” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayan va mazkur o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan “lochinlar” yarim himoyachisi Jamshid Iskanderovlar ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berishdi.

Quyida ularning fikrlarini etiboringizga havola etamiz.

Samvel Babayan: - Bugun “Navbahor” uchun tarixiy hodisa yuz berdi. Biz Osiyoning eng kuchli 16 ta jamoasi qatoridan joy oldik. O'yindan oldingi matbuot anjumanida takidlaganimdek, “Mumbay Siti” tarkibidan juda kuchli va yaxshi futbolchilar joy olishgan.

Osiyoning eng kuchli 16 ta jamoasi qatoridan joy olganligi bois, “Navbahor” o'sishi hamda infratuzilmasini rivojlantirishi lozim. SHuningdek, biz nimchorak final bosqichida Namangan shahri va yurtimiz sharafini munosib tarzda himoya qilish uchun sifatli selekciya ishini olib borishimiz kerak. Bu biz uchun katta natija. Menimcha, bu klub tarixida qoladi hamda “Navbahor” rivojlanishda davom etishi lozim.

Yana shuni ham takidlash joizki, “Mumbay Siti”ning Namanganda va bugungi bellashuvda maydonga tushgan futbolchilari juda kuchli hamda bugun ham ular yaxshi o'yin namoyish etishdi.

Jamoamizga keladigan bo'lsak, bu bizning joriy mavsumdagi so'nggi bahsimiz edi. Uch kun oldin ham shogirdlarim Superliga doirasidagi oxirgi o'yinni o'tkazishgani bois, ularda charchoq alomatlari bor edi. Hisobda ortda borayotib, oldinga borish va gol urishdan boshqa variantimiz yo'q edi hamda yigitlar buni uddalashdi. SHogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular haqiqiy professional ekanliklarini isbotlab, shahar va yurtimiz sharafini munosib tarzda himoya qilishdi.

Biz “Navbahor” futbolchilari bilan faxrlanishimiz kerak. Ular yuqori darajadagi professionallar hamda shahar va yurtimizning haqiqiy vatanparvarlaridir. 

Jamshid Iskanderov: - Uchrashuv juda qiyin kechdi. Ayniqsa, o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yuborganimizdan so'ng, qiynaldik. Boisi, bu jamoamizning joriy mavsumdagi so'nggi o'yini edi va vaziyatni o'zgartirish uchun kuch to'plashimiz  oson bo'lmadi.

Jarima zarbasidan gol urganligimga keladigan bo'lsak, Superliga hamda O'zbekiston kubogi bahslarida ham jarima zarbalaridan to'p kiritgandim. Bugun ham omadim keldi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.   

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика