So’nggi yangiliklar

18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  1 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  0 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  7 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  5 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  2 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  20 12:17Мауро Брасил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12

U-23 Osiyo chempionati-2020. Stadionni payhon qilgan atletlar, kulgiga qolgan TV, tug'ilgan kunida O'zbekistonga ikkita gol urgan futbolchi, Son Xyon Minga suv tashittirgan murabbiy hamda kubokni irg'itgan Shahboz Beg'amov haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati-2020. Stadionni payhon qilgan atletlar, kulgiga qolgan TV, tug'ilgan kunida O'zbekistonga ikkita gol urgan futbolchi, Son Xyon Minga suv tashittirgan murabbiy hamda kubokni irg'itgan Shahboz Beg'amov haqida hikoya qilamiz

23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi tarixiga nazar solamiz.

2020 yilgi 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati (hozirgi Osiyo kubogi) 8–26 yanvar kunlari Tailand yashil maydonlarida o'tkazildi. Avstraliya, Malayziya va Vetnam ham turnirga mezbonlik uchun davogarlik qilgandi. Musobaqada jami 16 ta jamoa ishtirok etdi.

Turnir oldidan "B" guruhi uchrashuvlarini qabul qiladigan Patumidagi "Tammasat" stadionining tayyorgarlik holati bilan bog'liq voqealar muhokamalarga sabab bo'ldi.

Osiyo Futbol Konfederaciyasi 2 yanvar kuni ertalab stadionni tekshirib, maydon yaxshi holatda ekani, silliq maysa yotqizilgani hamda maydon chetidagi yugurish yo'laklariga suniy chim yotqizilgani, xullas barchasi tashkilot qoidalariga mos ekanini malum qildi.

Ammo, o'sha kun kechki payt stadionni yana bir tekshiruvdan o'tkazgan OFK maydon holati xavotirli holatda ekanini aniqladi. Ertalab tartibli bo'lgan yon tomondagi suniy chim shu stadionda mashg'ulot o'tkazgan engil atletikachilar tomonidan payhon qilingan edi. Tashkilot bunday holat yana takrorlanmasligi haqida ogohlantirdi. Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga sabab bo'ldi.

Ushbu turnir Yozgi Olimpiya o'yinlari uchun Osiyo mintaqasidagi saralash bosqichi vazifasini ham o'tadi. Musobaqada ilk uch o'rinni egallagan jamoalar Yaponiyada bo'lib o'tadigan Olimpiadaga OFK vakillari sifatida yo'llanma oldi. Yaponiya mezbon sifatida to'g'ridan-to'g'ri Olimpiadaga yo'l olgani sababli, agar yarim finalga chiqqan taqdirda ham, qolgan yarim finalchilar ham Olimpiada yo'llanmasini kafolatlashardi. Ammo "samuraylar" omadsiz ishtirok etib, o'z guruhida so'nggi o'rinni egalladi. 

Odatda Olimpiya o'yinlarida futbol musobaqasiga mezbon sifatida avtomatik yo'llanma olgan terma jamoalarda motivaciya past bo'ladi va saralash o'yinlariga etarlicha jiddiy yondashmaydi. Yaponiya terma jamoasida ham shu kabi alomatlar ko'rina boshladi.

Qizig'i shundaki, guruh bosqichida Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin mamlakat televideniesida "tarixdagi eng kuchli Yaponiya terma jamoasi" degan yozuv bilan translyaciya qilinayotgan edi. Ammo yaponlar mag'lubiyat golini o'tkazib yuborgach, yozuv ekrandan olib tashlandi. Bu holat Yaponiyaning o'zida ham katta shov-shuvga sabab bo'ldi.

Serbiyalik murabbiy Lyubinko Drulovich qo'l ostidagi O'zbekiston musobaqaga amaldagi chempion sifatida tashrif buyurdi. 

O'zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibi

Darvozabonlar: 1.Abduvohid Nematov, 12.Mashhur Muhammadjonov, 21.Nizomiddin Ziyovutdinov

Himoyachilar: 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Dilshod Saitov, 13.Sherzod Nasrullaev, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov

Yarim himoyachilar: 4.Abdulla Abdullaev, 6.Azizjon G'aniev, 7.Sharof Muhiddinov, 8.Nurillo To'xtasinov, 14.Abrorbek Ismoilov, 15.Oybek Rustamov

Hujumchilar: 9.Jasur Yaxshiboev, 10.Bobir Abdixoliqov, 11.Mirjahon Mirahmadov, 16.Aziz Amonov, 17.Islom Kenjaboev, 18.Doston Ibragimov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov

"A" guruhida Avstraliya mezbon Tailand bilan birga keyingi bosqichga yo'l oldi. Iroq va Bahrayn esa guruh bosqichidan keyin ortga qaytadigan bo'ldi.

"B" guruhida Saudiya Arabistoni peshqadam sifatida chorak finalga yo'l olgan bo'lsa, autsayder sanalgan Suriya pley-off ishtirokchilari safiga qo'shildi. Birorta o'yinda yutqazmagan Qatar ham Yaponiya singari musobaqani erta tark etdi.

"C" guruhidan Janubiy Koreya, O'zbekiston, Eron va Xitoy o'rin oldi. 

"Oq bo'rilar" ilk turni Eronga qarshi o'tkazdi. Mamlakatda yuz bergan qayg'uli voqealar tufayli motam elon qilingani munosabati bilan Eron Olimpiya terma jamoasi futbolchilari O'zbekistonga qarshi o'yinda qora bog'ich taqib maydonga tushdi.

Birinchi bo'lim yakuniy pallasida Bobir Abduxoliqov raqib jarima maydoni ichida yiqitildi. Penaltini jamoa sardori Islom Qobilov aniq amalga oshirdi. 58-daqiqada Degani muvozanatni tenglashtirdi. Yakuniy hisob – 1:1.

Eron U-23 terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Muhammad Habibining aytishicha, u to'rt oylik yig'in davomida 12 nafar darvozabonni sinovdan o'tkazgan. Garchand forslar 3 o'yinda darvozasidan 3 ta to'p o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, bu ko'rsatkich keyingi bosqichga chiqish uchun jamoa zarariga ishladi.

U-23 Osiyo chempionati

"C" guruhi, 1-tur

O'zbekiston - Eron 1:1 

9 yanvar 2020 yil. Songxla. "Tinsulanon" stadioni. 15:15 (Toshkenti vaqti)

Bosh hakam: Hamis Al Marri (Qatar)

Qanot hakamlari: Tolib Salim Al Marri va Saud Ahmad Al Maqaleh (ikkisi Qatar)

To'rtinchi hakam: Abdulrahmon Al Jassim (Qatar)

VAR hakami: Abdulla Al Marri (Qatar)

VAR yordamchi hakamlari: Hamis Al Kuvari (Qatar) va Ahmad Faysal Al Ali (Iordaniya)

Gollar: Islom Qobilov 40 penalti, - 1:0. Rizo Dehqoni 57, - 1:1.

O'zbekiston U-23: 1.Abduvohid Nematov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullaev, 6.Aziz G'aniev, 8.Nurillo To'xtasinov (23.Oybek Bozorov, 66), 9.Jasurbek Yaxshiboev, 10.Bobir Abdixoliqov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov (17.Islom Kenjaboev, 85).

Zaxira: 12.Mashxurjon Muhammadjonov, 21.Nizomitdin Ziyovutdinov, 5.Dilshod Saitov, 7.Sharof Muxitdinov, 13.Sherzod Nasrullaev, 14.Abrorbek Ismoilov, 15.Oybek Rustamov, 18.Doston Ibragimov, 11.Mirjahon Mirahmadov, 16.Azizbek Amonov

Eron: 1.Habib Farabbasi, 4.Mojtaba Najarian, 8.Mehdi Mehdixani, 9.Ollohyor Sayyadmanesh, 10.Rizo Shekari, 15.Rizo Dehqoni, 16.Muhammad Mohebbi (17.Jafar Salmani, 84), 18.Ali Shojayi (11.Mehli Gayedi, 46), 19.Matin Karimzoda, 21.Omid Nurafkan, 23.Orif Og'asi.

Zaxira: 12.Meroj Ismoili, 22.Mahdi Nurullohi, 2.Hussayin Saki, 3.Mehran Derakshanmehr, 5.Shahin Toxirxani, 6.Sina Zamehran, 7.Amir Rustayi, 13.Amirhussayin Hassanzoda, 14.Rizo Jabireh, 20.Muhammad Xodabandelo.

Ogohlantirishlar: Hojiakbar Alijonov 12, Orif Og'asi 18.

Xitoyga qarshi ikkinchi o'yindagi ilk gol ham 11 metrli jarima zarbasidan urildi. Garchi 6-daqiqada Aliqulovning bosh bilan urgan goli inobatga olinmagan bo'lsa-da, birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Oybek Bozorov raqib jarima maydonida yiqitildi. Qobilov nuqtadan zarba berishda adashmadi va hisobni ochdi, ammo u 66-daqiqada belgilangan yana bir penaltidan unumli foydalana olmadi. 80-daqiqada To'xtasinov raqib jarima maydonida himoyachidan qaytgan to'pni darvoza to'riga joyladi. Hisob 2:0.

U-23 Osiyo chempionati

"C" guruhi, 2-tur

Xitoy - O'zbekiston - 0:2 

12 yanvar 2020 yil. Songxla. "Tinsulanon" stadioni.

Hakamlar: Abdulrahmon Al Jassim, Tolib Salim Al Marri, Saud Ahmad Al Maqaleh, Hamis Al Kuvari (hammasi Qatar)

VAR hakamlari: Abdulla Al Marri (Qatar), Umar Muhammad Ahmad Hassan Al Ali, Muhammad Abdulla HAsan Muhammad (ikkisi BAA)

Gollar: Islom Qobilov 45+2 penalti, - 0:1. Nurillo To'xtasinov 80, - 0:2.

Amalga oshirilmagan penalti: Islom Qobilov 66 (darvozabon).

Xitoy U-23: 12.Chen Vei, 3.Xuang Zengyu, 4.Vei Zen, 5.Zu Chenjie, 6.Xuag Kong (21.Zang Lingfeng, 59), 7.Yang Liyu, 8.Duan Liyu, 10.Xu Jingxang, 11.Chen Binbin, 14.Zao Jiafey, 15.Feng Bosuan,

Zaxira: 1.Li Guansi, 22.Zang Yan, 2.Tong Lei, 9.Zang Yuning, 13.Zou Junchen, 16.Yang Shuai, 17.Li Ruofan, 18.Jiang Shenglong, 19.Tian Xin, 20.Dilmurat Mavlanyaz, 23.Chen Pu.

O'zbekiston U-23: 1.Abduvohid Nematov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullaev, 6.Aziz G'aniev, 9.Jasurbek Yaxshiboev (18.Doston Ibragimov, 90+2), 10.Bobir Abdixoliqov (11.Mirjahon Mirahmadov, 86), 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov (8.Nurillo To'xtasinov, 76).

Zaxira: 12.Mashhurjon Muhammadjonov, 21.Nizomiddin Ziyovutdinov, 5.Dilshod Saitov, 7.Sharof Muxitdinov, 13.Sherzod Nasrullaev, 14.Abrorbek Ismoilov, 15.Oybek Rustamov, 16.Azizbek Amonov, 17.Islom Kenjaboev.

Ogohlantirishlar: Ilhom Alijonov 23

Uchinchi turda O'zbekistonga Janubiy Koreya ro'baru keldi. 5-daqiqadayoq Oh Se Hunning zarbasidan to'p rekoshet orqali darvozadan o'rin oldi. 21-daqiqada Alijonovning uzatasini Abdixoliqov bosh bilan raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ydi. 71-daqiqada yana Oh Se Hun o'z nomini tabloga yozdirdi. Qizig'i, koreyalik hujumchi tug'ilgan kunida o'ziga dubl sovg'a qildi. 

U-23 Osiyo chempionati

"C" guruhi, 3-tur

O'zbekiston - Janubiy Koreya 1:2

Gollar: Bobir Abduholiqov (22) - Jong Sung Von (5), Oh Se Hun (71)

15 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Tammasat" stadioni.

Bosh hakam: Xiroyuki Kimura (Yaponiya)

Qanot hakamlari: Xiroshi Yamauchi va Jun Mixara (ikkisi Yaponiya)

To'rtinchi hakam: Tojo Minoru (Yaponiya)

VAR hakami: Iida Jumpey (Yaponiya)

VAR yordamchi hakamlari: Ryuji Sato (Yaponiya) va Ahmad Abu Bakar Al Kaf (Ummon)

O'zbekiston U-23: 1.Abduvohid Nematov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullaev, 6.Aziz G'aniev, 9.Jasurbek Yaxshiboev, 10.Bobir Abdixoliqov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov.

Zaxira: 12.Mashhurjon Muhammadjonov, 21.Nizomiddin Ziyovutdinov, 5.Dilshod Saitov, 7.Sharof Muxitdinov, 8.Nurillo To'xtasinov, 11.Mirjahon Mirahmadov, 13.Sherzod Nasrullaev, 14.Abrorbek Ismoilov, 15.Oybek Rustamov, 16.Azizbek Amonov, 17.Islom Kenjaboev, 18.Doston Ibragimov.

Janubiy Koreya: 1.Song Bum Kun, 3.Kang Yun Sung, 5.Jong Te Vuk, 6.Kim Dong Xyun, 7.Vu Yong Jong, 12.Kim Je Vu, 16.Jong Sung Von, 17.Um Vun Sang, 18.Oh Se Xun, 20.Von Du Je, 22.Yun Jong Gyu.

Zaxira: 2.Li YU Xyon, 4.Li Sang Min, 8.Kim Jing YU, 9.Cho Gue Sung, 10.Li Dong Kyong, 11.Li Dong Jun, 13.Kim Jin YA, 14.Kim De Von, 15.Kim Te Xyon, 19.Maeng Song Vung, 21.An Chan Gi, 23.An Jun Su.

Janubiy Koreya barcha uchrashuvda g'alaba qozongan holda guruh peshqadamiga aylandi, O'zbekiston to'plar nisbatiga ko'ra Eronni ortda qoldirib, ikkinchi o'rinni egalladi.

"D" guruhida Birlashgan Arab Amirliklari va Iordaniya keyingi bosqich yo'llanmasini ijobiy hal qildi. Shimoliy Koreya va Vetnam esa ishtirokini yakunladi.

Guruh bosqichi yakunlanganidan so'ng Vadim Abramov va Ro'ziqul Berdievlar Tailandga yo'l olishdi va BAAga qarshi uchrashuvdan oldin futbolchilar bilan uchrashishdi. Sababi, termaning katta qismi ular murabbiylik qilayotgan "Nasaf" va "Bunyodkor" klublari azolaridan iborat edi.

BAAga qarshi chorak final o'zbekistonliklar uchun yoqimsiz boshlandi. 13-daqiqada o'ng qanot himoyasidan oldinga uzatilgan to'pni Al Amiri Abduvohid Nematov qo'riqlayotgan darvozaga joylaydi. Biroq jamoa tezda o'ziga kelib oldi. Oradan uch daqiqa o'tar-o'tmas Ilhom Alijonov olis masofadan aniq zarba yo'llab, hisobni tenglashtirdi. 26-daqiqada Qobilov Bozorovga nisbatan ishlatilgan qo'pollik natijasida belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, markaziy osiyoliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 41-daqiqada Bozorovning o'zi olisdan raqib darvozasining yuqori burchagini aniq nishonga oldi. 85-daqiqada kombinacion hujumni Yaxshiboev muvaffaqiyatli yakunladi. Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Yaxshiboevning pasidan so'ng To'xtasinov hisobni aytishga noqulay ko'rinishga keltirdi. Shu tariqa, O'zbekiston uchun Olimpiadaga bir qadam qolgandi, ammo...

U-23 Osiyo chempionati

Chorakfinal

BAA - O'zbekiston 1:5

Gollar: Zayid Abdulla Al Amiri (13) - Ilhom Alijonov (15), Islom Qobilov (25), Oybek Bozorov (41), Jasur Yaxshiboev (84), Nurillo To'xtasinov (90+3)

19 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Rajamangala" stadioni. 18:15 (Toshkenti vaqti)

Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy)

Qanot hakamlari: Shi Siang va Kao Yi (ikkisi Xitoy)

To'rtinchi hakam: Ma Ning (Xitoy)

VAR hakami: Robert Shon Evans (Avstraliya)

VAR yordamchi hakamlari: Jeyms Kristofer Bit (Avstraliya) va Adham Muhammad Mahadmeh (Iordaniya)

BAA: 1.Muhammad Al Shamsi, 3.Muhammad Ali Al Mahri, 5.Xalifa Muborak Al Hammadi, 6.Majid Ibrohim Salim, 7.Zayid Abdulla Al Amiri, 9.Ali Solih Amro, 13.Abdalla Ramazon Bekxit, 15.Xalfan Hassan Al Hamadi, 16.Yahyo Nodri El Sharif, 18.Majid Rashid Al Mehrzi, 23.Sayid Ali Suvaydan.

Zaxira: 2.Hamdan Nosir Al Baroud, 4.Mohamad Omar Al Attas, 8.Tahnun Hamdan Al Zaabi, 10.Jassim Yoqub Al Balushi, 11.Muhammad Rashid Al Hammadi, 12.Xolid Ibrohim Al Danxani, 14.Abdulrahmon Solih Hamis, 17.Xolid Abdulrahmon, 19.Ali Eyd Al Yahyo, 20.Yahyo Ali Gassani, 21.Eyd Hamis Al Nuami, 22.Abdulrahmon Al Amiri.

O'zbekiston U-23: 1.Abduvohid Nematov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullaev, 6.Aziz G'aniev, 9.Jasurbek Yaxshiboev, 10.Bobir Abdixoliqov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov.

Zaxira: 12.Mashhurjon Muhammadjonov, 21.Nizomiddin Ziyovutdinov, 5.Dilshod Saitov, 7.Sharof Muxitdinov, 8.Nurillo To'xtasinov, 11.Mirjahon Mirahmadov, 13.Sherzod Nasrullaev, 14.Abrorbek Ismoilov, 15.Oybek Rustamov, 16.Azizbek Amonov, 17.Islom Kenjaboev, 18.Doston Ibragimov.

CHORAK FINAL

Saudiya Arabistoni 1:0 Tailand

Avstraliya 1:0 Suriya

Janubiy Koreya 2:1 Iordaniya

BAA 1:5 O'zbekiston

Yarim finalda O'zbekiston Saudiya Arabistoni bilan to'qnash keldi. Mazkur bellashuv g'olibi finalga yo'l olish bilan bir qatorda Tokiodagi Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritardi. Uchrashuvdagi dastlabki vaziyat 12-daqiqada yuzaga keldi. Bobir Abdixoliqov raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatda noaniq zarba yo'lladi. Oradan 5 daqiqa o'tgan hujumchi undan-da qulay vaziyatni yo'qqa chiqardi. Himoyachining pas berishdagi xatosidan so'ng 2-3 metr masofadan deyarli bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi. Raqib safida Abdulrahmon G'arib zarbalari bilan ajralib turdi. Uchrashuv davomida olis masofadan zarbalar saudiyaliklarning asosiy hujum quroli bo'ldi. 87-daqiqada shunday zarbalardan biri golga aylandi. Nosir Al Omraning zarbasi jamoadoshiga tegib, Nematov qo'riqlayotgan darvozadan o'rin oldi. Qo'shimcha daqiqalarda arablar yana bir to'p kiritdi, ammo gol ofsayd sababli inobatga olinmadi. Shu tariqa, Saudiya Arabistoni final va Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritdi. O'zbekiston esa uchinchi o'ringa ham chipta beriladigan bahsda sinovdan o'tishi kerak edi.

U-23 Osiyo chempionati

Yarim final

Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 1:0

Gol: Nosir Salmon Al Omran (87)

22 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Rajamangala" stadioni. 15:15 (Toshkenti vaqti)

Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)

Qanot hakamlari: Jun Mixara va Xiroshi Yamauchi (ikkisi Yaponiya)

To'rtinchi hakam: Tojo Minoru (Yaponiya)

VAR hakami: Xiroyuki Kimura (Yaponiya)

VAR yordamchi hakamlari: Iida Jumpey (Yaponiya) va Ma Ning (Xitoy) 

Saudiya Arabistoni U-23: 22.Muhammad Alyami, Abdulbosit Muhammad Hindi, 4.Hassan Altambakti, 6.Sami Alnaji, 7.Abdulrahmon G'arib, 9.Abdulloh Abdulrahmon Alhamddan, 10.Ayman Alhulayf, 13.Holid Dubaysh, 14.Ali Sodiq Al Hassan, 20.Muhtor Ali Shayh, 23.Saud Abdulloh Albudhamid.

Zaxira: 1.Amin Muhammadsaloh Al Buxoriy, 21.Saloh Abdulloh Al Ohaymid, 2.Abdulloh Hassun Tarmin, 5.Abdulilah Alamri, 8.Nosir Salmon Al Omran, 11.Abdulrahmon Hoshim Alyami, 12.Ayman Yahyo Ahmad, 15.Hussayn Ahmad Al Isa, 16.Yusuf Saad Al Harbi, 17.Saad Ali Al Saluli, 18.Holid Al G'annam, 19.Feras Tariq Al Brikan.

O'zbekiston U-23: 1.Abduvohid Nematov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullaev, 6.Aziz G'aniev, 9.Jasurbek Yaxshiboev, 10.Bobir Abdixoliqov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov.

Zaxira: 12.Mashhurjon Muhammadjonov, 21.Nizomiddin Ziyovutdinov, 5.Dilshod Saitov, 7.Sharof Muxitdinov, 8.Nurillo To'xtasinov, 11.Mirjahon Mirahmadov, 13.Sherzod Nasrullaev, 14.Abrorbek Ismoilov, 15.Oybek Rustamov, 16.Azizbek Amonov, 17.Islom Kenjaboev, 18.Doston Ibragimov.

Yarim finaldagi ikkinchi qarama-qarshilikda Janubiy Koreya Avstraliyani 2:0 hisobida mag'lub etib, ikkinchi finalchiga aylandi.

Uchinchi o'rin uchun bellashuv ham Olimpiada yo'llanamasini taqdim etishi bilan katta ahamiyatga ega edi. Chipta uchun Avstraliya va O'zbekiston terma jamoalari kurashdi. 5-daqiqadayoq Nikolas D'Agostino O'zbekiston darvozasini ishg'ol qildi, ammo u Nematovga nisbatan qoidabuzarlik sodir etgani uchun gol inobatga olinmadi. Biroq D'Agostinoni maqsadidan qaytarib bo'lmadi, u 47-daqiqada bir necha futbolchini aldab o'tib, darvozaga to'p kiritdi. 53-daqiqada Oybek Bozorov zaxiradan maydonga tushirildi. Ammo turnir davomida ishonchli harakat qilgan hujumkor yarim himoyachi maydonga tushganidan 6 daqiqa o'tar-o'tmas makazdagi qo'pollik uchun qizil kartochka bilan jazolandi. Bu esa raqiblarga qo'shimcha ustunlik taqdim etdi. Uchrashuvda darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi va Avstraliya 3-o'rin bilan Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. O'zbekiston esa so'nggi pillapoyada to'rt yillikning eng nufuzli sport musobaqalari yo'llanmasidan quruq qoldi.

U-23 Osiyo chempionati

Uchinchi o'rin uchun bahs

Avstraliya - O'zbekiston 1:0

Gol: Nikolas D'Agostino (47)

25 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Rajamangala" stadioni. 17:30 (Toshkenti vaqti)

Hakamlar: Muhammad Abdulla Hassan Muhammad, Muhammad Ahmad Abdulla Al Hammadi, Hasan Muhammad Hasan Abdulla Al Mahri (uchalasi BAA), Sivakorn Pu Udom (Tailand).

VAR hakamlari: Abdulrahmon Ibrohim Al Jassim (Qatar), Umar Muhammad Ahmad Hassan Al Ali (BAA), Hamis Muhammad Al Marri (BAA).

Avstraliya U-23: 1.Tomas Glover, 3.Aleks Gersbax, 4.Dilan Rayan, 6.Tass Mordoukoutas, 7.Rami Najjarine, 8.Zak Dankan, 11.Reno Piskopo, 14.Tomas Deng, 15.Nikolas D'Agostino, 17.Kianu Bakkus, 19.Daniel Bouman.

Zaxira: 12.Jordan Xolmes, 18.Daniel Margush, 2.Gabriel Kleur, 9.Alhassan Ture, 10.Denis Generau, 13.Aiden O'Neyl, 16.Trent Buxagiar, 20.Konnor O'Til, 21.Yakob Italiano, 22.Ben Folami, 23.Konnor Metkalfe.

O'zbekiston U-23: 1.Abduvohid Nematov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullaev, 6.Aziz G'aniev, 8.Nurillo To'xtasinov, 9.Jasurbek Yaxshiboev, 10.Bobir Abdixoliqov, 11.Mirjahon Mirahmadov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, .

Zaxira: 12.Mashhurjon Muhammadjonov, 21.Nizomiddin Ziyovutdinov, 5.Dilshod Saitov, 7.Sharof Muxitdinov, 13.Sherzod Nasrullaev, 14.Abrorbek Ismoilov, 15.Oybek Rustamov, 16.Azizbek Amonov, 17.Islom Kenjaboev, 18.Doston Ibragimov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov.

Chetlatish: Oybek Bozorov (59)



Xorijlik murabbiyning kuchli tarkib bilan turnirda muvaffaqiyatsiz ishtirok etgani o'zbek OAVda tanqid qilindi. Jumladan, futbol eksperti Shahboz Beg'amov "Tezkor studiya" ko'rsatuvida Osiyo kuboginning ramziy statuetkasini irg'atib yubordi.

VIDEO

Finalda Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni maydonga chiqdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo'shimcha bo'limlarda, 113-daqiqa jarimadan uzatilgan to'pni Jong Tae Vuk bosh bilan saudiyaliklar darvozasiga kiritib, Janubiy Koreyaga chempionlik taqdim etgan gol muallifiga aylandi.


Janubiy Koreya bosh murabbiyi Kim Hak Bumning qatiyatli, intizomtalab murabbiy ekanligi haqida ko'p gapirilgan. Chempionlik qo'lga kiritilgandan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Tokio Olimpiadasida uchta yoshi katta futbolchining qo'shilishi jamoa muhitiga tasir qiladimi degan savolga shunday javob bergan: 

"2018 yilgi Jakarta Osiyo o'yinlarida yoshi katta futbolchilardan – Cho Xyon U, Son Xyon Min va Xvan Iy Jo jalb etilgach, ular nima qilish kerakligini so'rashdi. Men ularga suv olib kelishni va to'plarni yig'ishni aytdim. Bu safar ham xuddi shunday; mana shu jamoaga fidoyilik sanaladi".


U-22 Osiyo chempionati-2013. Antirekordchi O'zbekiston, golni nishonlashda jarohatlangan murabbiy, ISHIDga qiyoslangan Saudiya Arabistoni hamda chilim chekish tufayli shifokorsiz qolgan jamoa to'g'risida hikoya qilamiz

U-23 Osiyo chempionati-2016. Eng tezkor golni urgan va umidi erta so'ngan O'zbekiston

U-23 Osiyo chempionati-2018. Tor-mor etilgan grandlar, Yaponiyaga yordam berolmagan Xavi Alonso, samolyotdagi raqqosalar hamda "qor jangi"da qo'lga kiritilgan tarixiy chempionlikni yodga olamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
28 dek 08:00:15
MTJ, PAXTAKOR
Haddan ziyod bosimmi oqibati boganidi, hamma TV kanallada biz sizga ishonamiz omad omad sizdan g'alaba kutamiz dib rolikla olindi bu bosim bo'ldi futbolcbilaga. Bu bolla Kapadzeni Olimpiada kamandasidan kuchlidi. Aql parasati joyida edi. Qaysidir dalban jurnalisti PR savoliga uchub biz mukofot pulini ko'proq kutgandik dimasdi, Olimpiadaga chiqsa eng katta sharaf mukofot shu edi. Zato JCH ga chiqdi osdi haqiqiy MTJga kirdi ko'pi
+1   
28 dek 07:03:33
RADIKALIST
Oybek Bozorov qizil olgan vaziyatda murabbiy Islom Ismoilov bo'lganda nima bo'lardi?
+1   
28 dek 05:26:11
irgashevirgashev@gmail.com
Islom qobilovni qo'pol xatolari tufayli qob ketganmiz olimpiada dan ushanda.
   
28 dek 20:07:55
MENTAL!ST
Shahboz Beg'amov degan jurnalistchani maqolaga qo'shishning nima keragi bor? Nimanidir qoyillatganmidi bu qalami ojiz kimsa? Neadekvat, paxtakash jurnalistlardan eng taniqlisi deyishsa, men ana o'sha fikrlarga to'liq qo'shilaman. Beg'amovni shaxsan tanimayman, esimda qolgan yagona jihat: Beg'amov faqat chet ellik murabbiylarni tanqid qilib yozadi, mahalliy murabbiylarni ketini ochib maqola yozganini ko'rmaganman, o'qimaganman. Dux kerak-da mahalliy murabbiylarni tanqid qilish uchun. Beg'amovda menimcha dux yo'q. Savolni qaytaraman, Beg'amov haqidagi gapni maqolaga qo'shishning nima keragi? Nimani qoyillatgan edi shu Beg'amov degan janob?
   
28 dek 14:20:32
Жалоладдин Мухаммадович✈
Абдувоҳид Неъматов қойил шу вақитданам таркибда бўлган экан ёш бўлсаяам
   
28 dek 13:27:47
تعمورخن ومار خجا
Maqtalgav vichni chichgan yiliyu
   
28 dek 09:29:23
Baxtiyor MYu
БААга узоқдан урилган голлар дахшат чиройли бўлган экан
   
28 dek 07:08:42
Ўзбек футболининг муҳлиси
Lyubinko Drulovich
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика