So’nggi yangiliklar

01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  0 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  19 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  6 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  16 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  57 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1

Samvel Babayan: "Asosiy tarkibda tushgan ayrim futbolchilar o'z darajasini ko'rsata olmadi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Asosiy tarkibda tushgan ayrim futbolchilar o'z darajasini ko'rsata olmadi"

O'zbekiston Kubogi 3-turi doirasida "Olimpik"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Kubok doirasidagi ushbu o'yin guruhda jamoalarning qaysi o'rinlarni egallashini aniqlab berdi. O'yingacha biz pley-off bosqichini hal qilib bo'lgandik. Bu borada yigitlar bilan gaplashib olgandik. Bugun esa juda yomon o'yin namoyish qildik. Tezlik, koncentraciya etishmadi. Ayrim futbolchilar esa maydonda deyarli ko'rinmadi. "Olimpik"ni g'alaba bilan tabriklayman, ular guruhdan chiqish uchun borini berib harakat qilishdi, yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Umuman olganda, bu ruxiy holat bilan bog'liq. Termalarning o'yinlari yaqinlashib kelmoqda, bu esa klublarga biroz dam beriladi degani. Biroq jamoa uchun bu tasir qilmasligi kerak. CHunki muxlislarimiz oldida biroz qarzlarimiz bor. Va har bir o'yinda biz bor kuchimiz bilan o'ynab, sifatli o'yin ko'rsatishimiz kerak.

- Toshkentdagi o'yinlar "Navbahor" uchun qiyin o'tyapti. Bu nima bilan bog'liq?

- Faqatgina bu erdagi emas barcha o'yinlar shunday o'tmoqda. Keling, bu kubok o'yini bo'lgani uchun etibordan chetda qoldiramiz. CHunki bu o'yinning ahamiyati boshqacha. Turnir jadvalidagi holat muhim ahamiyat kasb etadi. Balki, o'yinga bo'lgan ruxiy tayyorgarlik ham muhim rol o'ynagan bo'lishi mumkin. Umuman olganda, fikr qildirish qiyin. Masalan, chempionatda parokanda bo'lib ketgan o'yinlarimiz yo'q. CHempionatda mag'lub bo'lgan o'yinlarimizda eng kamida durangga loyiq edik. Bugun esa to'g'risini aytaman, jirkanchli o'yin ko'rsatdik.

- Bugungi mag'lubiyat jamoaning ruxiy holatiga qanday tasir o'tkazadi?

- Ilk navbatda, biz asosiy tarkibda tushmayotgan futbolchilarga imkoniyat berdik. Bu esa fikrlashga biroz tasir o'tkazadi. Yuqori o'rinlar uchun kurashishga jamoada zaxira o'rindig'i ham uzun bo'lishi kerak deb hisoblayman. SHuningdek, maydonga tushadigan futbolchilarning sifati ham belgilangan darajada bo'lishi lozim. Afsuski, bugungi o'yin orqali biz ko'p narsalarni ko'rib oldik. Hozircha jamoa yuqori jismoniy holatiga kirib olmadi. Buning o'ziga hos sabablari bor. Bu bahs barcha tomonlama foydali bo'ladi. O'yinni chuqur taxlil qilib chiqamiz, xatolarni ko'ramiz, shuningdek, shu orqali tarkibni optimallashtirishni ham ko'rib chiqamiz. Umuman olganda buni bir marta amalga oshirgandik ham. Navbatdagi bosqichga chiqqanimiz sababli rotaciya qilib ko'rgandik. Afsuski, asosiy tarkibda tushgan ayrim futbolchilar o'z darajasini ko'rsata olishmadi. 

- Demak, ikkinchi davrada tarkibni kuchaytirish ishlari bo'lib o'tadi.

- Barchasini vaqt ko'rsatadi. Hozircha bizni barchasi qanoatlantirmoqda. Klub o'z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishlamoqda. SHuningdek, bizda belgilangan byudjet bor. Undan ko'prog'ini ishlatib tashlay olmaymiz. O'z vaqti kelganida tarkib borasida ham o'ylaymiz. Ayni damda bir qancha futbolchilar etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lishmayapti. Balki, shu sababli ular o'z darajasini yo'qotib qo'yishgandir. SHu boisdan tajriba va o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun ayrim futbolchilarni ijaraga berish variantlarini ko'rib chiqarmiz. Natija sababli barcha futbolchiga imkoniyat bera olmaymiz. CHunki natija bizga doimo bosim berib turadi. Tarkibni kuchaytirish borasidagi gaplarni hali birgalikda o'ylab ko'ramiz. 

- "Olimpik" bilan Namangandagi bahs davomida Siz futbolchingiz maydonda yotib olganida uni tezroq o'rnidan turib, o'yinga qo'shilishini talab qilgandingiz. O'shanda Siz vaqtni cho'zish futbolning zarariga ishlashini aytgandingiz. Bugun esa "Olimpik" futbolchilari o'zlarini boshqacha tutishdi. Bu holatga qanday qaraysiz?

- Bunday holatlar tizimsiz bo'ladi. Ha, raqiblar vaqt cho'zgan bo'lishi mumkin. Bunday narsalar murabbiylar shtabining yo'nalishiga bog'liq deb o'ylayman. Futbol o'yinlarida, ayniqsa, so'nggi daqiqalarda bunday ayyorliklar ko'p bo'lib turadi.

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика