Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi "Aral" jamoasi azolari bilan uchrashdi
15 dek 17:50
Yangiliklar
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi "Aral" jamoasi azolari bilan uchrashdi
Unda dastlab, Jo'qorg'i Kenges Raisi hurmatli Prezidentimiz rahbarligida sport sohasini, shu jumladan, futbolni rivojlantirish va ommalashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarga to'xtalib o'tdi va muhim o'yin oldidan jamoa azolariga omad tiladi.
"Takidlash joizki, bugungi kunda Pro ligada o'ynayotgan "Aral" futbol jamoasi oldida muhim o'yin kutmoqda. Yani, 16 dekabr kuni Superligada o'ynash yo'llanmasi uchun Buxoro viloyatining "Buxoro" jamoasi bilan o'yin o'tkaziladi.



Albatta, Pro liganing ushbu o'yinida futbol muxlislari jamoamizdan yuqori natijalar kutib qoladi.
Shuni ham alohida takidlash kerakki, "Aral" futbol jamoasi mazkur o'yinda g'alaba qozonsa, 24 yillik tanaffusdan so'ng uzoq kutilgan Superligada o'ynash imkoniyatini qo'lga kiritadi", – deyiladi "Aral" matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o'tamiz, "Aral" hamda "Buxoro" o'rtasidagi o'tish bellashuvi ertaga Nukusdagi "Olimpiya" stadionida 14:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar
Пахтакорни юттик уйимизда