"Roma" tez orada Dibala bilan shartnoma imzolanganini elon qilmoqchi
20 iyu 2022 14:33
Yangiliklar
"Roma" tez orada Dibala bilan shartnoma imzolanganini elon qilmoqchi
"Roma" tez orada hujumchi Paulo Dibala bilan shartnoma imzolanganini elon qiladi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, rasmiy malumot yaqin soatlarda beriladi. 28 yoshli argentinalik rimliklar bilan bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2025 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi. Futbolchi yiliga 4,5 million evro maosh oladi va ishtiroki orqali yana 1,5 million evro ishlashi mumkin.
SHartnomada 20 million evrolik tovon puli yoziladi. Forvard jamoada 21-raqam ostida ishtirok etadi.
Dibala 1 iyuldan beri erkin agent maqomida yuribdi, argentinalikning sobiq klubi "Yuventus" hujumchi bilan shartnomani uzaytirmadi. O'yinchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 6ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar