"Roma" MYU hujumchisini qo'lga kiritishga yaqin
23 dek 2025 20:25
Yangiliklar
"Roma" MYU hujumchisini qo'lga kiritishga yaqin
Jurnalist Florian Plettenberg malumotiga ko'ra, niderlandiyalik forvard "Roma" taklif qilayotgan sport loyihasini ijobiy baholamoqda.
Rim klubi 24 yoshli futbolchini taxminan 5 million evro evaziga ijaraga olishni, shuningdek, kelishuvga kelasi yozda 30 million evroga sotib olish bandini kiritishni rejalashtirmoqda. Tomonlar o'rtasida aloqalar davom etmoqda, ammo transfer bo'yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan — "Manchester Yunayted" rahbariyati bitimga rozilik bermagan.
Qayd etilishicha, Zirkzeega qiziqish bildirayotganlar faqat "jalorossi" emas: futbolchiga boshqa Evropa klublardan ham takliflar bor, bu esa vaziyat rivojiga tasir qilishi mumkin.
Hujumchining Angliya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Zirkzee joriy mavsum Premer-liganing 10 o'yinida ishtirok etib, 1 ta gol urdi. Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar