"Real" sobiq murabbiy: "Ronalduni emas, Messini tanlagan bo'lardim"
27 fev 2019 18:35
Yangiliklar
"Real" sobiq murabbiy: "Ronalduni emas, Messini tanlagan bo'lardim"
"Real" sobiq bosh murabbiyi Visente del Boske "qaymoqranglilar" sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduni "Barselona" forvardi Lionel Messi bilan solishtirdi.
"Messi deyarli har uchrashuvda yaxshi o'ynaydi. Xato qilmaydigan futbolchilar bor. Lionel - shundaylarning biri. Messi va Ronaldudan birini tanlash kerak bo'lsa, argentinalikni tanlagan bo'lardim. Unda ko'chadagi futbolning engilligi bor.
SHunga qaramay Ronalduning texnikasi va jismoniy holati kuchli. Krishtianu doimo o'z jamoasiga gol kafolatlaydi va "Real" portugaliyaliksiz qiynalmoqda" - deydi del Boske.
Visente del Boske 1999-2003 yillarda "Real"ni boshqargan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar