Abduqodir Husanov Timber, Valverde, Bernardu Silva, Olise, Osimxen va Keyn bilan bir ro'yxatda
17 mar 16:33
Yangiliklar
Abduqodir Husanov Timber, Valverde, Bernardu Silva, Olise, Osimxen va Keyn bilan bir ro'yxatda
"Manchester Siti" va O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi bilan birga, ro'yxatda Federiko Valverde, Bernardu Silva, Joau Nevesh, Harri Keyn, Maykl Olise, Viktor Osimxen va futbol jamoatchiligi tomonidan adolatsiz ravishda etiborsiz qoldirilgan yana ko'plab o'yinchilar bor.

"Ehtimol, u dunyodagi eng kam baholangan o'yinchi emasdir, ammo o'tgan mavsumda "Chelsi"ga qarshi o'yindagi omadsiz debyutida golga sababchi bo'lib qolgani, dastlabki 20 daqiqada o'zini yo'qotib qo'ygani — ko'pchilikni o'zbekistonlik markaziy himoyachini ishonchsiz o'yinchi deb hisoblashga majbur qildi.
Biroq shundan ko'p o'tmay, Husanov vaziyatni o'ngladi va "Siti" uni nega sotib olganini ko'rsata boshladi — bu mavsumda esa u yanada yaxshi o'ynamoqda. 22 yoshida u haqiqiy durdonaga o'xshaydi, ayniqsa, "Siti"ga o'tishidan oldin u top-chempionatlarda atigi ikki to'liq bo'lmagan mavsum o'tkazganini hisobga olsak.
U juda tezkor, shu bilan birga, himoyadagi vaziyatlarni yaxshi o'qiy oladi va to'pga tajovuzkor tarzda chiqadi. Bazan u haddan tashqari agressiv bo'lib ketadi, ammo bu kamchiliklarni to'g'rilash mumkin.
U to'p bilan muomala qilishda ham yaxshi. Husanov — haqiqatan ham katta istiqbolga ega futbolchi", – deyiladi jurnalist Sem Li maqolasida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar