Kostakurta: "Men Leauni almashtirmagan bo'lardim"
17 mar 20:49
Yangiliklar
Kostakurta: "Men Leauni almashtirmagan bo'lardim"
"Rossoneri" afsonasi Alessandro Kostakurta almashtirilgani uchun norozilik bildirgan Rafael Leau mavzusida to'xtalib o'tdi.
O'yinchi "Lacio"ga qarshi o'yinda (0:1) murabbiyning uni quchoqlashiga javob qaytarmadi. Sobiq futbolchining fikricha, muammo almashtirishda emasdi.

"Men hayron qoldim: Leau bir necha yaxshi zarba berganiga qaramay, Pulishich unga umuman to'p uzatmadi. "Kapitan Amerika" to'pni boshqalarga berishni afzal ko'rdi va buni ochiq-oydin ko'rsatdi. Men ham Leau kabi ishoralar qilib, pas so'radim. Uning jahli almashtirilganidan emas, balki Pulishich pas bermaganidan chiqqan edi. Men Leauni almashtirmasdim va uning poziciyasini o'zgartirgan bo'lardim", – dedi Kostakurta.
"Milan" 60 ochko to'plab, turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Inter" esa undan 8 ochkoga oldinda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar