"Manchester Yunayted" Kazemiro bo'yicha qarorni qayta ko'rib chiqmaydi
17 mar 21:18
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Kazemiro bo'yicha qarorni qayta ko'rib chiqmaydi
"Manchester Yunayted" tayanch yarim himoyachi Kazemiro bo'yicha avval qabul qilingan qaror o'zgarishsiz qoladi.
BBC'ning xabar berishicha, braziliyalik futbolchi mavsum yakunida klubni tark etishi aniq.
Kazemiro yanvar oyida mavsum oxirida MYUdan ketishini malum qilgandi. U Manchester klubida 4 yildan beri o'ynab kelmoqda.
34 yoshli Kazemiro joriy mavsum Angliya chempionati doirasida 29 ta rasmiy o'yinda 7 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.
Avvalroq mish-mishlar darajasida Angliya chempionati etakchisi bo'lib turgan Londonning "Arsenal" klubi Kazemiroga qiziqish bildirgani aytilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar