"Real" ishqibozlari Morata va Simeoneni haqoratlashdi
05 fev 2020 10:48
Yangiliklar
"Real" ishqibozlari Morata va Simeoneni haqoratlashdi
"Real" muxlislari La Liga 22-turi doirasidagi "Atletiko" (1:0)ga qarshi o'yinda "Atletiko" futbolchisi va murabbiyini haqoratlashgan.
Ishqibozlar "Santyago Bernabeu"da: "Morata - kalamush" va "yo'qol "Vanda Metropolitano"ga", shuningdek Simeoneni "jirkanch hinduiy" va boshqa yomon so'zlar bilan haqoratlashgan.
La Liga "Real" fanatlarining bu ishlarini qoraladi, ammo liganing xabariga ko'ra, "stadionning qolgan qismini o'yin davomida o'zini yaxshi tutgan".
Alvaro Morata esa 50-daqiqadayoq o'z o'rnini Toma Lemarga bo'shatib berdi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq "Atletiko" prezidenti Enrike Sereso Alvaro Morataga nisbatan jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatilganini va penalti berilishi kerak bo'lganini aytgan edi.
Bundan tashqari, "Atletiko" sobiq xavbeki Donato o'zi o'ynagan paytlarda hakamlar doim "Barsa" va "Real"ga yon bosganini aytib o'tdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar