So’nggi yangiliklar

21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  0 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  3 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  5 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  1 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  7 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  47

Rauf Inileev: "Jamoamizning Evropa termalariga qarshi o'yinlarda o'zlarini qanday darajada ko'rsatishlarini ko'rish uchun bu erga keldik" Yangiliklar

Rauf Inileev: "Jamoamizning Evropa termalariga qarshi o'yinlarda o'zlarini qanday darajada ko'rsatishlarini ko'rish uchun bu erga keldik"

O'zbekiston U-18 terma jamoasi bugun Vengriya U-18 terma (2:2) uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Rauf Iniliev o'yin haqida fikr bildirdi.

O'yin haqida

- Umuman olganda jamoamizning Evropa termalariga qarshi o'yinlarda qanday darajada o'zlarini ko'rsatishlarini ko'rish uchun bu erga keldik. Ularning futboli asosan jismoniy tayyorgarlikka qaratiladi. Bizning uslub esa faol o'yindan iborat. Ikkinchi bo'limda birinchi bo'lim kabi faol harakat qila olmadik. Bu borada ishlashimiz lozim. Hujumga asoslangan faol o'yinni qurishga harakat qilmoqdamiz va bundan voz kechmaymiz. 

- Bugungi darvozabon oyoq bilan harakatlanishi yaxshi emasdek ko'rindi. Sizda oyoqda yaxshi harakat qiladigan darvozabon bormi?

- Siz to'g'ri fikr bildirdingiz. Oyoqda juda yaxshi darajada o'yin ko'rsata olmaydi. Afsuski, O'zbekistondagi ko'plab darvozabonlarda shu muammo bor. Biz bu masala bo'yicha ham ishlamoqdamiz. Oyoqda yaxshi harakat qiladigan bir nechta nomzodlar bor. Biroq biz hali ularni terma jamoaga jalb qilmadik.

- To'qqizinchi raqamli futbolchi (Saidumar Saidnurullaev) asosan hujumortida harakat qiladi, biroq siz uni birinchi bo'limda hujumga qo'ydingiz. Ikkinchi bo'limning oxirida esa o'zining odatiy joyiga qaytdi. Nima uchun uni bugun hujumga qo'ydingiz?

- U aslida hujumda harakat qiladi. Biroq oxirgi vaqtlarda, hususan CHernogoriyaga qarshi bahsda uni yarim himoyaga qo'ydik va ikkita gol urdi. Ikkinchi bo'limda tezkor hujumlarga asoslangan futbol ko'rsatishga harakat qildik. Saidumar esa biroz sekinroq, shu sababli ham uni yarim himoyaga qaytardik va hujumga tezroq bo'lgan futbolchilarni tushirdik. Ularda yaxshi imkoniyatlar bo'ldi, biroq foydalana olishmadi.

- Bugungi o'yinda futbolchilarimizdan kimnidir alohida ko'rsata olasizmi? Kim ko'proq sizni hursand qildi?

- Bugungi o'zbek futbolida asosiy muammo himoya chizig'i hisoblanadi. Bu bizning terma jamoada ham muammo hisoblanadi. Bugungi o'yinda Muhammadali Zohidov ajoyib o'yin ko'rsatdi. SHuningdek, ikkita qanot himoyachilari ham himoyada yaxshi harakat qilishdi. Bugun menga yoqqani, birinchi bo'limda burchak zarbasini mashg'ulotlarda ishlangan narsani amalga oshirib gol urganimiz bo'ldi. Bu men uchun yoqimli bo'ldi. Biroq kerak bo'lmagan xatolarni yo'q qo'yishimiz meni biroz xafa qildi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика