Rasman: Yovan Jokich "Navbahor" bilan shartnomasini uzaytirdi
08 jan 2024 00:50
Yangiliklar
"Navbahor" klubi jamoa yarim yarim himoyachisi Yovan Jokich bilan shartnomani uzaytirdi.
"Jamoamizning 31 yoshli serbiyalik tajribali yarim himoyachisi Yovan Jokich "Navbahor" klubi bilan tuzilgan shartnoma muddatini uzaytirdi. U 2024 yilgi mavsumda ham "lochinlar" sharafini himoya qiladi.
Yovan Jokich 2023 yilgi mavsumdagi barcha musobaqalarda "Navbahor" tarkibida 31 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 4 ta gol urgan holda, 1 ta golga assistentlik qildi.
Bo'lajak mavsumda ham Jokichning chiroyli o'yinlar namoyish etib, gollar urishiga tilakdoshmiz", -deyiladi "Navbahor" klubi bayonotida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar